|
Toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 18/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)3.1-rasm. Yarim o’tkazgichli diodning sxemada belgilanishi (a) va volt- amper xarakteristikasi (b).
3.1-rasmda yarim o’tkazgichli diodning sxemada belgilanishi va to’liq volt-amper xarakteristikasi ko’rsatilgan. Unda 1-chiziq issiqlik buzilishi, 2-chiziq esa, elektr buzilishini ko’rsatadi.
Kontakt sohasining kengligiga qarab yarim o’tkazgichli diodlar nuqtaviy va yassi diodlarga ajratiladi. Biz tanishgan diodlar yassi (Z) diodlardir. Ularda to’g’ri tokning kattaligi kontakt yuzasi kengligiga bog’liq bo’lib, qiymati bir necha milliamperdan bir necha yuz ampergacha yetadi.
Nuqtaviy diodlarning kontakt yuzasi juda kichik bo’ladi. Ular nuqtaviy kontaktli payvandlash yo’li bilan hosil qilinadi. Nuqtaviy diodlarning yassi diodlardan afzalligi shundaki, ularning p-n o’tish sig’imi juda kichik bo’ladi. Shuning uchun ularni yuqori chastotali qurilmalarda ishlatish mumkin.
Yarim o’tkazgichli diodlar bir qancha kattaliklar bilan xarakterlanadi. Masalan, to’g’ri ulanish kuchlanishining qiymati 1V yoki 0,5V bo’lgandagi to’g’ri tokning kattaligi; buzilish kuchlanishining 80% ni tashkil qiladigan teskari kuchlanishning kattaligi; p-n o’tish sig’imi; to’g’rilash xususiyati saqlanadigan chastota va temperatura diapazoni; to’g’rilashda hosil qilinadigan tokning mumkin bo’lgan eng katta qiymati va boshqalar. Bu kattaliklarni baholashda diodning ekvivalent sxemasidan foydalaniladi (3.2- rasm).
3.2- rasm. Yarim o’tkazgichli diodning ekvivalent sxemasi
§ 3.2. p-n o’tishda teshilish, p-n o’tishning teshilish turlari
Uncha katta bo’lmagan teskari kuchlanishlarda I0 qiymati katta emas. Teskari kuchlanish ma’lum chegaraviy qiymatga UChYeG yetganda, teskari tok keskin ortib ketadi, o’tishning elektr teshilishi yuz beradi.
O’tishning teshilish turlari ikki guruhga bo’linadi: elektr va issiqlik. Elektr teshilishining ikki mexanizmi mavjud: ko’chkisimon va tunnel teshilish.
|
| |