• IV BOB. DIODLARNING ASOSIY KO’RINISHLARI, ISHLASH TAMOYILLARI VA PARAMETRLARI § 4.1. Varikaplar
  • Toshkent davlat transport universiteti




    Download 4,71 Mb.
    bet19/125
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,71 Mb.
    #99646
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125
    Bog'liq
    ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

    Ko’chkisimon teshilish nisbatan keng p-n o’tishlarda sodir bo’ladi. Bunday o’tishda teskari kuchlanishda elektron va kovaklar zarba ionizatsiyasi uchun yetarli bo’lgan energiya oladilar va natijada qo’shimcha elektron-kovak juftlar hosil bo’ladi. Bu juftliklarning har bir tashkil etuvchisi, o’z navbatida, elektr maydonida tezlashib, yana yangi juftlikni yuzaga keltiradi va h.k. Zaryad tashuvchilarning bunday ko’chkisimon ko’payishi natijasida o’tishdagi tok keskin ortadi.
    Tor p-n o’tishga ega bo’lgan yarim o’tkazgichlarda tunnel effektiga asoslangan tunnel teshilish sodir bo’ladi. UTYeS  UChYeG yetganda zaryad tashuvchilarning bir sohadan ikkinchisiga energiya sarf qilmasdan o’tishiga imkon yaratiladi (tunnel effekti). UChYeGning yanada ortishi bilan shuncha ko’p zaryad tashuvchilar tunnel o’tishi sodir etadilar va teskari tok keskin ortib boradi.
    P-n o’tishda issiqlik teshilishi teskari tok o’tish natijasida o’tishning qizishi hisobiga sodir bo’ladi. Teskari tok, issiqlik toki bo’lib, u ortgan sari qizish ham ortadi. Bu holat tokning ko’chkisimon ortishiga olib keladi, natijada p-n o’tishda issiqlik teshilishi yuz beradi va u ishdan chiqadi.


    IV BOB. DIODLARNING ASOSIY KO’RINISHLARI, ISHLASH TAMOYILLARI VA PARAMETRLARI


    § 4.1. Varikaplar

    Varikap (ing . vari (able) - oʻzgaruvchan va car (acitu) - sigʻim) - yarim oʻtkazgichli elektr kondensator. Elektr sigʻimi qoʻyilgan kuchlanishga bogʻliq boʻladi. Varikap kremniy, germaniy va galliy arsenid asosida tayyorlanadi. Tashqi elektr maydoni varikapdagi zaryadni va elektr sigʻimni oʻzgartiradi. Varikapning ikkinchi turi fotovarikapdir. U yarimoʻtkazgichli fotoelement. Unda elektr sigʻimi sirtga tushayotgan yorugʻlik oqimi intensivligiga bogʻliq boʻladi. Shu qonuniyatga asoslanib, varikapdan yorugʻlik taʼsirida boshqariladigan elektr sigʻim sifatida foydalanish mumkin. varikap hisoblash texnikasida, radioelektronika va boshqa sohalarda qoʻllaniladi.


    Diodga qo’yilgan kuchlanish o’zgarishi p-n o’tishning kengligini o’zgartiradi. Bu o’zgarish kondensator qoplamalari orasidagi masofaning o’zgarishiga mos keladi. p-n o’tishning bu xususiyati diodni boshqariluvchi sig’imli element qilib ishlatish imkonini beradi. Bunday diodlar varikaplar deb ataladi.
    Varikaplar uchun tashqi kuchlanishning to’g’ri ulanishi emas, balki teskari ulanishi katta ahamiyatga ega. Teskari kuchla­nishning ortishi bilan p-no’tish kengligi ortadi va Cp-nsig’im kichrayadi. Bu bog’lanish varikapning voltfarada xarakteristikasi deyiladi. 4.1a-rasmda varikapning sxemada belgilanishi va voltfarada xarakteristikasi ko’rsatilgan.
    p-n o’tish sig’imining nominal (Cnom), maksimal (Cmax), minimal (Cmin) qiymatlari, sig’imning aslligiga bog’liq yutilish energiyasi va boshqalar varikaplarning asosiy parametrlari hisoblanadi.
    Varikaplar radioelektron qurilmalardagi tebra­nish konturlarini elektron sozlashda, parametrik ele­ment sifatida (parametrik kuchaytirgich va generatorlarda) va boshqa maqsadlarda keng qo’llaniladi.




    Download 4,71 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125




    Download 4,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat transport universiteti

    Download 4,71 Mb.