|
Toshkent dаvlаt trаnsport universiteti
|
bet | 1/3 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #119186 |
Bog'liq 1 Кириш MATERIALShUNOSLIK FANINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Ташкент - 2020
MA’RUZAChI: “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi
katta o‘qituvchisi Nigmatova Dilnoza Islomovna
“Materialshunoslik” fanini o‘rganishdan maqsad transportlarda foydalanadigan materiallar turlari, metallar va qotishmalarning xossalari, tuzilishi, nometall va kompozitsion materiallar, ularni ishlab chiqarish va ishlatilish sohalari, rangli metallar va qotishmalar, transportda ishlatiladigan metallmas materiallar, metallarni kesib ishlash, kesish asboblari va dastgohlari, temir yo‘l transportida foydalanadigan metallar va qotishmalarning xossalari, ularning markirovkasini aniqlash, rangli metallar va ularning qotishmalarini aniqlash va tanlashni bilishi hisoblanadi.
FAN BO‘YICHA TALABALARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Talaba:
- transportda foydalanadigan metallar va qotishmalarning xossalari, tuzilishi, ularning markirovkasi, ularni ishlab chiqarish va ishlatilish sohalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- transportda foydalanadigan metal va metallmas materiallarni;
metallarni kesib ishlash, kesib ishlash vaqtidagi jarayonlarni, kesish asboblari va dastgohlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- metallar va qotishmalarning, kompozitsion materiallar, ularni ishlab chiqarish va ishlatilish sohalarini aniqlash; rangli metallar va ularning qotishmalarini aniqlash va tanlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
FANNING IShLAB ChIQARIShDAGI O‘RNI Fanni o‘qitilishi transport tarkibini ta'mirlash va ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashtirish va hisoblash uchun zarurdir. Ulardan foydalanish mahsulot sifati va korxona iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirish, og‘ir ishlarni va qo‘l mexnatni yengillashtirish imkonini beradi.
|
| |