• TARKIBINING ТОШКЕНТ – 2022 ELEKTRONIKA ASOSLARI, RAQAMLI TEXNIKA VA MIKROPROTsESSORLAR fanidan Kurs
  • 1. Umumiy holat 1.1. Stansiyalarda poezdlar harakatlanishini tashkil etish
  • Toshkent davlat transport universiteti




    Download 1.85 Mb.
    bet1/10
    Sana20.10.2023
    Hajmi1.85 Mb.
    #88949
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    kurs loyixa ЭРТМ
    1-mavzu, public key print, 649 20.10.2020, UZLIKSIZ TA\'L.PEDAGOGIKASI UMKA, Информ.письмо по конференции ЮФ 23 дек 2022 (полное) (1), Микропроцессор КР580, ABTADV 5та Amaliyot MK bo\'yicha, 6-амал маш.угит сол, 2mavzu qurlish texnoligiyasidan, 1 Ma\'ruza Sanoat robotlari va mexatronika faniga kirish , 15-маъруза (3), bakayeva, в конце они оба умрут, FAOLIYAT VA KIRITIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANISHI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


    TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
    «Transportida axborot tizimlariva texnologiyalari » kafedrasi


    «ELEKTRONIKA ASOSLARI, RAQAMLI TEXNIKA VA MIKROPROTsESSORLAR»







    TARKIBINING

    ТОШКЕНТ – 2022




    ELEKTRONIKA ASOSLARI, RAQAMLI TEXNIKA VA MIKROPROTsESSORLAR
    fanidan
    Kurs LOYIHA
    Kurs loyihasini bajarish uchun umumiy ko’rsatmalar

    Loyiha oraliqdagi stansiya’ning bir qismi uchun bajariladi (1- ilova).


    Kurs loyihasini bajarish uchun aniq ma’lumotlar stansiya sxemasi asosida keltirilgan vazifalar asosida beriladi (1-jadval).
    Kurs loyihasi nazariy qismdan iborat. Nazariy qismning ichiga dastur qismi ham kiradi.
    Loyihaning nazariy qismi quyidagi bo’limlardan iboratdir:
    Kirish.
    Kompyuterli markazlashtirishning apparatli qismi.
    Kompyuterli markazlashtirishning dasturiy qismi.
    Dastur.
    Xulosa.
    Adabiyotlar.
    Kirish

    Poezdlar harakatini nazorat qiladigan mavjud tizimlar stansiya va peregonlarda releli uskunalarni qo’llashni nazarda tutadilar. O’z navbatida ishonchliligi jihatidan birinchi sinfga kiradigan relelar qo’llaniladi. Bunday holatlar katta sxemalarni, ko’p miqdorda moliyaviy va ishlab chiqarishdagi sarf xarajatlarni talab etadi. Kompyuterli markazlashtirish o’z o’rnida strelka va signallarni boshqaradigan stansion tizimlarning samaradorligini, hamda poezdlar harakatini nazorat qilish va boshqarish sifatini oshiradi.




    1. Umumiy holat


    1.1. Stansiyalarda poezdlar harakatlanishini tashkil etish
    Temir yo’l liniyalari ajratuvchi punktlar yordamida peregonlarga bo’linadi. Ajratuvchi punktlarga stansiyalar, razyezdlar, o’tkazish punktlari va yo’l postlari, avtoblokirovka vaqtida esa yuqoridagilardan tashqari o’tish svetoforlari kiradi. Ajratuvchi punktlarning mavjudligi uchastkaga masofalar bilan chegaralangan holda (peregonlar yoki blok­uchastkalar) bir nechta poezdlarni kiritish imkonini beradi, bu esa harakat xavfsizligini ta’minlaydi va o’tkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi.
    Stansiyalar deb, takomillashgan yo’l qurollari va boshqa uskunalarni o’z ichiga olgan (1-rasm), shu bilan birga, qabul qilish, yuk operatsiyalarini amalga oshirish, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish, shuningdek, poezdlarni tashkil qilish va tarqatish, ularni texnik ko’zdan kechirish, lokomotivlarni almashtirish, harakatlanish sostavlarini tamirlash va hokazolarni amalga oshiruvchi ajratish punktlariga aytiladi.



    1­rasm


    Stansiya bo’yicha va stansiya ishlarida poezdlar harakatlanishini samarali tashkil etish maqsadida stansiyalar uchastkalarga bo’linadi: strelkalangan (masalan, 1SP, 3SP, 2SP, 4SP), strelkalanmagan (NAP, CHBP), shuningdek, qabul qilish­jo’natish yo’llari (1P, 2P, 3P). Barcha uchastkalar relsli zanjirlar bilan qurollanadi.


    Barcha stansiyalar yo’l rivojlanishining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:
    - strelkali o’tkazgichlar;
    - kirish svetoforlari;
    - chiqish svetoforlari;
    - manyovrli svetoforlar;
    - relsli zanjirlar.
    Strelkali o’tkazgichlar poezdni u yoki bu yo’lga o’tkazish uchun xizmat qiladi. Agarda poezdga strelka bo’yicha to’g’ri yo’nalish o’rnatilgan bo’lsa, strelka musbat holatda, boshqa yo’nalishda o’rnatilgan bo’lsa, manfiy holatda deb hisoblanadi. 1­rasmda 1, 3, 4 strelkalar musbat holatda, 2­strelka esa manfiy holatda ekanligi ko’rsatilgan.
    Kirish svetofori besh xonali ko’rsatkichga ega bo’lib, ular stansiyaga sostavni kirishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida malumot berishga mo’ljallangan.
    Chiqish svetoforlari uch xonali ko’rsatkichga ega bo’lib, ular stansiyadan poezdni chiqishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida malumot byerishga mo’ljallangan.
    Manyovrli svetoforlar ikki xonali signalga ega bo’lib, stansiya ichida manyovr qilayotgan lokomotiv harakatini yo’naltirishga mo’ljallangan.
    Bizning mamlakatimiz va ham do’stlik davlatlari temir yo’llarida poezdlarni raqamlash qabul qilingan bo’lib, u harakat yo’nalishini belgilash imkonini beradi. Masalan, janubdan shimolga va g’arbdan sharqqa harakat qilayotgan poezdlar raqamining oxirgi soni juft, boshqa yo’nalishda oxirgi soni toq bo’ladi.
    Juft raqamli poezdlar keladigan tomondagi strelkalar juft tartib raqamini, toq raqamli poezdlar keladigan tomondagi strelkalar toq tartib raqamini oladi.
    Bir raqamni boshqa raqam bilan ajratuvchi chegarasi yo’lovchilar binosining o’qi hisoblanadi.
    Svetoforlar yo’l soni va poezdlar harakatining yo’nalishi bo’yicha raqamlanadi. Masalan, J2, T3 va hokazo.
    Normal holatda stansiya svetoforlarida qizil chiroq yonib turishi kerak. Poezdlarni qabul qilish­jo’natish jarayonlariga qarab stansiya svetoforlari, poezdlar harakati xavfsizligini taminlagan holda muayyan faktorlarga bog’liq bo’ladi.



    Download 1.85 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat transport universiteti

    Download 1.85 Mb.