4.9 – mavzu: DORIXONA OMBORLARIDAGI MA’LUMOTLAR BO’YICHA SO’ROVLAR, HISOBOTLARNI SHAKLLANTIRISH.
Reja
1. Dorixona omborlarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar xaqida.
2. Dorixona boshqaruvi va nazorati imkoniyatlari.
Tayanch iboralar: tizim, dorixona ombori, ma’lumotlar bazasi, tarmoq.
1. Dorixona omborlarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar xaqida.
Dorixona ishini avtomatlashtirish tizimlari dorixona xodimining dorixonada barcha ishlarni shu bilan birgalikda xisob-kitob xujjatlarini va xisobotlarni elektron shaklda amalga oshirishda qo’llaniladi.
Avtomatlashtirilgan tizim quyidagi modullardan tashkil topgan:
– Kirim-chiqim jurnali;
– Omborxona;
– Kassa;
– Sotuv analizi;
– Ma’lumotnomalar.
Barcha ma’lumotlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) da saqlanadi.
Ushbu avtomatlashtirilgan tizim bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchining lokal va Internet tarmog’i orqali foydalanish imkoniyatini beradi.
Tizimning asosiy vazifasi – dorixona omboridagi maxsulotni kiritish va chiqarish xamda qoldiqlarni nazorat qilishdan iborat.
Dorixona omboriga qoldiqlarni kiritish elektron buyurtma bo‘yicha kirish qog‘ozlarini import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi, hamda boshlang‘ich qoldiqlar nakladnoylarini kiritish orqali tizimga qatnashmagan, ya’ni boshqa avtomatlashgan dorixona tizimidagi nakladnoylar importi ham mavjud.5
Tovarni ombordan chiqarish dorixona omboridan chiqish nakladnoylarni xisobdan chiqarishda shakllanadi yoki kassa (G’azna) modulidagi sotuv yo‘li bilan ombor modulida mahsulotning qoldig‘ini joriy holatini tahlil qilish mumkin, harakatini nazorat qilish mumkin.
Malumotnoma avtomat ravishda yangilanadi. Malumotnomani mustaqil to‘ldirib borish mumkin. Yana kengaytirilgan ma’lumotnoma axborotni ko‘rsatib turish imkoniyati yaratilgan.
Analiz(tahlil) moduli kassa moduli orqali realizatsiya qilingan mahsulotni tahlil qilish, mahsulotlarning diagrammalarini qurish, sotuv asosida keyingi qayta ishlovlar(obrabotkalar) uchun tuzish avtobuyurtma yuborish imkonini beradi.
Ofis-podkliyent rejimida dorixonalarning avtomatlashgan tizimida ishlash nazarda tutilgan.
Dorixona ishini tashkilashtirish katta miqdordagi farmatsevtik preparatlar bilan ishlashdir.
Barcha axborotning hisobini olib borish va dorixonani nazorat qilish avtomatlashgan tizimsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ishni olib borishda professional dastur ishonchlidir. Dorixonalar uchun kompyuter dasturi katta o‘lchamdagi ma’lumotlar bilan ishlay oladi. U o‘z vaqtida masalani to‘laqonli nazorat qiladi va o‘z vaqtida bajarilishni ta’minlaydi. Interfeysning sodda va qulayligiga qaramasdan tizim axborotni qayta ishlash uchun boy uskunalarga ega. Avtomatlashgan tizim dorixonadagi dori vositalari bo‘yicha nazorat olib borishni va dorixonada qabul nazoratini olib borishga yordam beradi.
Yagona dasturdagi barcha ma’lumotlar tizimi ish jarayonini mukammalllashtiradi va soddalashtiradi.
O’ziga jami jarayonlarni qamragan holda dastur dorixonada ishlab chikarish nazoratini amalga oshiradi. Tizim orqali nazorat funksiyasi avtomat bajariladi. Uning to‘laqonli va to‘g‘ri ishlashi uchun bazaga axborotni o‘z vaqtida kiritish talab etiladi.
Nazorat va boshqaruv dasturlaridan foydalanuvchilar:
-
Dorixona;
-
Medikamentlar ombori;
-
Savdo firmasi;
-
Savdo kompaniyasi;
-
Ishlab chiqarish korxonalari ;
-
Ulgurji savdo kompaniyasi;
-
Ulgurji savdo firmasi;
-
Farmatsevtik ishlab chiqarish kompaniyasi;
-
Ishlab chiqarish savdo kompaniyasi;
-
Ulgurji ombor;
-
Ulgurji kompaniya;
-
Farmatsevtik kompaniya;
-
va boshqalar
2. Dorixona boshqaruvi va nazorati imkoniyatlari.
Quyida dorixona avtomatlashtirish tizimining imkoniyatlari to‘g‘risida qisqa ma’lumotlar beriladi.
-
Apteka nazorati tizimi barcha zaruriy axborotlarni hisobga olish imkonini beradi.
-
Dorixonalarning strukturalashgan bo‘ulimlarining avtomatlashgan jarayonini tashkillashtirishda ish jarayonini boshqarish soddalashadi.
-
Dorixonalar uchun dastur har bir kontragentdan so‘ng ishning barcha tarixini saqlab qoladi.
-
Dorixona ishi avtomatlashgan tizimi tashkilot hisobiga o‘zaro hisob jarayonini nazorat qilinadi.
-
Dorixonalar professional dasturi katta o‘lchamdagi axborotlar bilan oson va tez ishlash imkonini beradi.
-
Axborotni qayta ishlash imkoniyatlarining kengligi tizimdagi foydali uskunalar ko‘pligi hisobiga amalga oshiriladi.
-
Dorixonalar nazorati tizimi tizimdagi yig‘ilgan ma’lumotlar asosida analitik ish olib boradi.
-
Mijoz faolligi yoki buyurtma statistikasi qulay.
-
Dastur masalaning bajarilish muhlatlarni nazorat qiladi.
-
Universal va tez qidiruv tizimi;
-
Dorixona bo‘limlari ishini tashkillashtirishda bajarilayotgan burchlari bo‘yicha xodimlarga dostur taqsimlangan;
-
Dorixona nazorati avtomatlashuvi taqdim etilayotgan servis sifatini oshiradi.
-
Guruhlash, saralash va filtrlash tizimdagi ishning tez va effektli borishga ko‘maklashadi.
-
Dorixonalarning strukturalashgan bo‘limlari ishini tashkillashtirishni avtomatlashtirish sotuv jarayonini to‘laqonli nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi.
-
Tizimdagi axborot boshqa formatdagi faylga konvertatsiya qilinishi mumkin.
-
Avtomat ravishda e-mail va SMS bo‘yicha yuboriluvchi tizim;
-
Dorixona uchun professional ish jarayonini mukammallashtiradi va kompaniyani o‘sishiga olib keladi.
Savol va topshiriqlar
1. Dorixona omborlarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar xaqida ayting.
2. Dorixona ishini boshqarish tizimlarining qanday imkoniyatlarini bilasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
Кобринский, Б.А. Медицинская информатика : учебник для студентов вузов / Б.А. Кобринский, Т.В. Зарубина. - М. : Академия, 2009. - 187 с
-
Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt,“O’qituvchi”.2002y.
-
Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.
-
Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.
-
Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.
|