|
Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika
|
bet | 62/180 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 7 Mb. | | #138583 |
Bog'liq Tashqi sarlavha (1)Diapazonlarni ko`rsatish. Ba’zi hollarda funktsiya va formulalarning argumentlarini yozishda bir necha kataklarning qiymatlarini kiritishga to`g`ri keladi. Bunda kataklarning diapazonlarini, ya’ni manzillarni kiritish kerak bo`ladi.
Ketma-ket keladigan kataklarning diapazonini kiritishda : belgisidan foydalaniladi. Bunda boshlang`ich katak manzilidan keyin bu belgi qo`yilib, songra oxirgi katak manzili yoziladi. Bunda shu kataklardagi qiymatlar ustuda tanlangan amal yoki funktsiya bajariladi. Masalan, =СУММ(B4:T4)- bunda jadvalning 4-satrida joylashgan B-ustundagi qimatdan boshlab toki T-ustungacha bo`lgan kataklarning yig`indisi hisoblanadi. Agar =СУММ(B4:B14) – bo`lsa, B-ustuning 4-satridagi katakning qiymatidan boshlab shu ustunning 14-satridagi katakkacha bo`lgan qiymatlarning yig`indisi hisoblanadi.
Agar kataklar ketma-ket joylashmagan bo`lsa, u holda diapason berilishida manzillar orasiga ; belgisi qo`yiladi. Masalan, =СУММ(B4;K8;S6) – B4, K8 va S6 katakdagi qiymatlarning yig`indisi hisoblanadi.
Funktsiyalar ustasi. Hisoblashlarda nafaqat yig`indidan balki, boshqa funktsiyalardan foydalanish mumkin. Excel dasturi har xil turdagi matematik, statistik, mantiqiy va boshqa turdagi funktsiyalarni o`zida saqlaydi. Foydalanuvchidan faqat ularning argumentlarini kiritish talab qilinadi. Excel da funktsiyalarni ishga tushirish uchun funktsiyalar ustasidan foydalaniladi. Avvalo, funktsiya ishlatilishi kerak bo`lgan formulani yozish kerak bo`lgan katak faollashtirilishi shart. Funktsiyalar ustasini ishga tushirish uchun Стандартная uskunalar panelining [Вставка функции] tugmasini bosish kerak. Yoki Вставка menyusining Функция buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada ekranda muloqat oyna hosil bo`ladi.
Avval, kerakli bo`lgan funktsiya taaluqli funktsiyalar katigoriyasini oynaning Категория maydonida tanlash kerak. Natijada bu maydon to`g`risida joylashgan Функция maydonida kerakli funktsiyaning nomi tanlanadi, bu birinchi qadam. Agar funktsiyaning nomiga qarab hech narsa tushunilmasa, u holda oynaning quyi qismida tanlangan funktsiya haqida ma’lumotnoma hosil bo`ladi. Kerakli funktsiya tanlanib bo`lingandan keyin [OK] tugmasi bosiladi va ikkinchi qadamga o`tiladi. Funktsiyani kiritishni bekor qilish uchun [Отмена] tugmasi bosiladi.
Funktsiyalar ustasining ikkinchi qadami, funktsiyaga argument berishdan iborat. Buning uchun formulalar palitrasidan foydalaniladi. Bunda bir necha usullardan foydalanish mumkin. Oddiy usuli, hosil bo`lgan maydonlarda kerakli qiymatlar va kataklarning manzillarini kiritish kerak. Argumentlar kiritilgandan keyin yangi argumentni kiritish uchun [Tab] tugmasini yoki sichqoncha ko`rsatkichi keyingi maydonga bosish kerak. Barcha argumentlar kiritilib bo`lingandan keyin [Enter] yoki [OK] tugmasini bosish zarur.
Ikkinchi usuli – funktsiyaning argumentlarni kiritisha shu argumentlar joylashgan kataklarni sichqoncha bilan tanlash orqali kiritish mumkin. Bu kataklarning manzillari formulalar palitrasining joriy maydonda hosil bo`ladi.
Agar palitra halaqit bersa, u holda kiritish maydoning oxirida sichonchani bir marta bosish kerak va u piktogramma shakliga o`tadi. Oynani asl holiga qaytarish uchun yana kiritish maydoning oxiriga sichqonchani yana bir marta bosish etarli. Bir formulada bir necha funktsiyalardan ham foydalanish mumkin.
Excel da quyidagi funktsiyalar katigoriyalaridan foydalanish mumkin:
Matematik funktsiyalar.
PRODUCT(< argumentlar ro`yxati >) – argument qiymatlarining ko`paytmasini hisoblaydi;
SQRT (son) – sonning kvadrat ildizini hisoblaydi;
FACT (son)- argument sifatida berilgan butun songacha bo`lgan natural sonlar ko`paytmasini hisoblaydi;
RAND (tasodifiy son) – 0 va 1 oralig`idagi tasodifiy sonni hioblaydi;
ABS (son) – argument qiymatning modulini hisoblaydi;
LN(son) – sonning natural logarifmini aniqlaydi;
EXP (son) – sonning eksponentasini hisoblaydi;
SIN(son)- sonning sinusini hisoblaydi;
COS(son) - sonning kosinusini hisoblaydi;
TAN(son) – sonning tangensini hisoblaydi;
|
| |