|
Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika
|
bet | 65/180 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 7 Mb. | | #138583 |
Bog'liq Tashqi sarlavha (1)Tayanch iboralar: Microsoft Office, ma’lumotlar bazasi, Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT), MS Access, menyu.
1. Ma’lumotlar bazasi.
Kompyuterdagi ma’lumotlar, ma’lumotlar omborida saqlanadi, ular maxsus dasturlar ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MOBT) yordamida boshqariladi.
Ma’lumotlar omborini tashkil etuvchi elementlar turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Eng ko’p tarqalgan va amaliyotda qo’llaniladigan ma’lumotlar matnli fayllar xisoblanadi. Chunki matinli fayllar orqali turli axborotlar ifodalash va komputer xotirasida saqlash mumkin.
Komputer asosidagi ATning ko’rinishlaridan biri ma’lumotlar ombori (bazasi) xisoblanadi. Oddiy fayllardan farqli ravishda ma’lumotlar ombori (MB) komputer xotirasida joylashgan axborotlarni izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Ma’lumotlar ombori (MO) deb, komputerning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma’lumotlar yig’indisiga aytiladi.
Ma’lumotlar omborida turli ma’lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poyezd, samolyot, avtobuslarning xarakatlanish jadvali, do’kon yoki ombordagi maxsulotlarning mavjudligi xaqidagi ma’lumotlar, talaba, o’qituvchi va xodimlar xaqidagi ma’lumotlar, kitoblar xaqidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar ma’lumotlar omboriga misol bo’la oladi.
Ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy komputerdan foydalanish shart emas. Masalan, tabibning qabulxonasidagi bemorlar kartotekasini MO deb xisoblash mumkin. (Kartotekalar kog’ozdan yoki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo’lishi mumkin).
Ma’lumotlar omborlarining eng sodda va keng tarqalgan shakli jadval ko’rinishidir. Ma’lumotlar omborining (MO) bunday ko’rinishi RELYASION TIZIM deb ataladi.
Relyasion omborlar aniq sondagi ustunlarga ega bo’lib, ularning xammasi nomlarga ega bo’ladi. Masalan, guruhdagi o’quvchilar xaqidagi ba’zi ma’lumotlarni qo’yidagicha tasvirlash mumkin.
|
| |