Sovunlar haqida tushuncha, ta’rifi
Sovun bu tabiiy va sintetik yog‘ kislotalarining kaliy va natriy tuzlaridan va, uning sifatini va kosmetik xossalarini yaxshilovchi, komponentlardan (buyoqlar, xushbo‘y qo‘shimchalar, oqartiruvchilar, plastifikatorlar, antioksidantlar, yumshatuvchi moddalardan va boshq.) tashkil topgan vosita.
Qattiq sovunlar yoki atir sovunlari qadimiy teri tozalovchi vositalari hisoblanadi. Ko‘p asrlar mobaynida sovun asosiy terini, kiyimni, idishlarni tozalovchi vosita hisoblangan. Sovunlarni retsepturasi va ularning olish texnologiyasi eramizning ikkinchi asrida Pliniy va Galen tomonidan ishlab chiqilgan.1
Sovunlar tozalovchi vosita sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
texnologik ishlov uchun qulay (tayyor mahsulotlarga har xil shakl berish mumkin);
yaxshi yuvish xususiyatlarga ega, ayniqsa yumshoq suvda;
boshqa yuvish vositalarga nisbatan teriga salbiy ta’siri kam.
Gigienik sovun. Bu eng oddiy sovunlarning turi. Bunday sovunlar hech qanday qo‘shimchalarni saqlamaydi va uning asosiy vazifasi teri yuzasini tozalash. Lekin bu sovunlarni keng qo‘llash terini gidrolipid qavatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning oqibatida terini qurishi, taranglanishi kuzatiladi. Ko‘pincha bunday sovunlarni fakat qo‘l yuvish uchun tavsiya etiladi.
Tabiiy sovun (naturalistik). Bunday sovunlarga turli qo‘shimchalar kiritilgan bo‘ladi. Masalan, o‘simlik xom ashyoning maydalangan to‘qimalari, efir moylari va sh.o‘. Bu turdagi sovunlar nafaqat tozalash, balki terini tetiklashtirish yoki bo‘shashtirish, hamda aromaterapevtik ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.
Parfyumer sovun. Bu turdagi sovunlarning tarkibiga turli xushbo‘y moddalar (aromatik moddalar) –1,5-2% qo‘shiladi. Ayrim holatlarda bunday sovunlarga yumshatuvchi moddalar ham kiritilish mumkin. Parfyumer sovunlarni vazifasiga, tanani tozalashdan tashqari uni xushbo‘ylantirish xam kiradi.
Bolalar sovuni. Bu sovunlarni retsepturasini tanlashda bolalar terisini nozikli hisobga olinadi. Ayrim xolatlarda bunday sovunlar, turli o‘simlik ekstraktlar kiritilganligi uchun (moychechak, tirnoqgul, mavrak, emon pustlog‘i ekstraktlari), engil antiseptik xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Lekin bunday sovunlarni tozalovchi xususiyatlari, ko‘pincha, oddiy sovunlarga nisbatan pastroq.
Antibakterial sovun. Bu sovunlar o‘z tarkibida turli antibakterial qo‘shimchalarni saqlaydi. Masalan, mikoseptik sovun oyokdagi zamburug‘larga qarshi qo‘shimchalarni saqlaydi.
Teri epidermisini shiluvchi (skrab) sovun. O‘z tarkibida bunday sovun maydalangan abraziv qo‘shimchalar saqlaydi: maydalangan olcha danakchalari, yong‘oq po‘stlog‘i va sh.o‘. Ular terini yuza epidermisini shilib tushirish xossaga ega.
Suyuq sovun. Tozalovchi va yuvish xususiyati bo‘yicha oddiy sovundan farqlanmaydi, lekin uning konsistensiyasi suyuq va ko‘p holatlarda bunday sovunlarni ishlatish qulay, chunki ular dozatorlar bilan jihozlangan idishlarda chiqariladi.
Sovunning yuvish xossalarini oshirish maqsadida turli SFM ko‘shiladi. Suyuq sovunlarni tayyorlashda kokosning, zaytun, kanakunjutning yog‘ kislotalarini kaliy ishqori yordamida sovunlash yo‘li bilan olinadi. Lekin hozirgi vaqtda bu turdagi sovunlarning ishlatilishi kamayib bormoqda, sababi kuchli ishqori ta’sirida terining yallig‘lanishi kuzatilishi mumkin. Shu kamchilikni bartaraf etish sovunlarda SFM ni qo‘llash mumkin.
Suyuq sovunlarni afzallik tomonlaridan biri bu SFM tabiatiga qarab sovunning pH ni ham me’yorlashtirish (mo‘‘tadillashtirish) imkoniyati tug‘iladi. Bu esa teriga sovunning ta’sirini yumshatadi. SFM saqlovchi suyuq sovunlarni tarkibiy qismlariga qo‘yidagilar kiradi:
-asosan anionoaktiv SFM (15-30%) ;
-yumshatuvchi vositalar: yog‘ kislotalarning murakkab efirlari, lanolin va uning hosilalari;
-terinisilliqlashtiruvchimoddalar: glitserin, glikol, sorbitsharbati;
- sebotropmoddalar: asosanantiseptiklar: geksaflorofen, dixlorofenyokikationaktiv SFMlar. Bu moddalar terining yuqori qavati va undagi mikroflorisiga faol biologic ta’sir ko‘rsatadi.
-quyuqlashtiruvchilar;
-hushbo‘y qo‘shimchalar va bo‘yovchilar;
-konservantlar va h.k.
|