|
Los’onlar sifatini baholash va nomenklaturasi
|
bet | 111/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
Los’onlar sifatini baholash va nomenklaturasi
Los’onlarni sifati tegishli GOSTlarda keltirilgan usullar yordamida amalga oshiriladi. Bunda asosan quyidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor beriladi:
- Tashqi ko‘rinishi. Los’onlarni tashqi ko‘rinishi MH da keltirilgan talabga javob berishi kerak. Asosan loson bu bir fazali yoki ko‘p fazali bir xil suyuqlik (eritma, suspenziya yoki emulsiya);
- Alohida e’tibor los’onning rangi va hidiga beriladi. Bu ko‘rsatkichlar har bir mahsulotga o‘ziga xos bo‘ladi;
- Etil spirtning konsentratsiyasi, %. Bu ko‘rsatkich spirtli los’onlarga tegishli va uning me’yori losonning turiga bog‘liq;
- pH kursatkichi. Potensiometrik usulda aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning me’yori loson tarkibini tashkil etuvchi moddalarning tabiatiga bog‘liq. Ko‘pincha nordon losonlarning pH ko‘rsatkichi 1-2, qolganlariniki - 8,0 oralig‘ida bo‘lishi mumkin;
- Og‘ir metallar miqdori, %. Bu ko‘rsatkich MH larda keltirilgan usul bo‘yicha aniqlanadi, bu ko‘rsatkich 0,002% oshmasligi lozim;
|
| |