• Los’onlarda qo‘llaniladigankomponentlar
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet108/517
    Sana01.07.2021
    Hajmi6,71 Mb.
    #15312
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   517
    Davolovchi-profilaktik los’onlar. Hozirgi vaqtda teri kasalliklari, ayniqsa bakterial tabiatli, oshib bormoqda. Shuning uchun davolovchi kosmetik los’onlarga ehtiyoj yuqori. Davolovchi kosmetik los’onlar terini tozalash va tetiklashtirishdan tashqari spetsifik yo‘naltirilgan ta’sirga ega bo‘ladi: yallig‘lanishga qarshi, yaralarni davolash, bakteritsid, antiseboreya.

    Los’onlarda qo‘llaniladigankomponentlar

    Los’onlarning asosiy komponentlari sifatida spirt (ko‘pincha 20-40%gacha), suv, namlatuvchilar (glitserin, propilenglikol, asosan 3-6% va 10% gacha) qo‘llaniladi.

    Qator teri kasalliklarini profilaktikasi terini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tozalashdan iborat, chunki bu tadbir terini ustida turli bakteriyalarni, zamburug‘larni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi (ayniqsa bu yog‘li teriga tegishli).

    Asosan, yog‘li teri uchun mo‘ljallangan shampunlarda antimikrob ta’sirga ega bo‘lgan erituvchilarni - etil yoki izopropil spirtlari qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

    Los’onlar tarkibiga qo‘shiladigan ingridientlardan biri bu etil spirti. Konsentratsiyasiga qarab etil spirti asosiy antiseptik yoki konservant, ayrim holatlarda esa asosiy ta’sir etuvchi moddalarni erituvchisi vazifalarini bajarishi mumkin.

    Los’onlar tarkibida etil spirti teriga quyidagi ta’sir ko‘rsatadi:

    - tetiklashtiruvchi;

    - yumshoq eg‘sizlantiruvchi;

    - yumshoq burushtiruvchi va xushbo‘ylantiruvchi.

    Etil spirtning miqdori teri turiga bog‘liq. Ko‘pincha quruq teri uchun mo‘ljallangan losonlarning tarkibida etil spirtning miqdori minimal bo‘ladi (4-6%) yoki umuman qo‘shilmasligi mumkin. Normal teri uchun mo‘ljallangan losonlarga etil spirt 8-15% atrofida qo‘shilishi mumkin. YOg‘li terini parvarishi uchun ishlatiladigan losonlarda etil spirtning miqdori o‘rtacha 15-20%, ayrim holatlarda, undan ham qo‘proq (30% oshiq) bo‘lishi mumkin, ammo 50-60% oshmaydi.

    Yukori konsentratsiyalarda spirt terini quritish mumkin. Ayrim mualliflar esa spirtning konsentratsiyasini losonlarda 30% oshmasligi lozim deb hisoblaydilar va teri normal yoki quruq bo‘lsa spirtni umuman ishlatmaslikni tavsiya etadilar.

    Shuni hisobga olgan holda ayrim losonlar tarkibiga spirtni kiritilmaslik imkoniyati o‘rganiladi.

    Spirtsiz losonlarni yaratish hozirgi paytda dolzarb yo‘nalish hisoblanadi. Spirt saqlamaydigan losonlarni yaratishda qo‘llaniladigan xom ashyo bir necha guruhga tasniflanadi:

    1. Asosiy komponentlar - struktura hosil qiluvchilar;

    2. Emulgatorlar;

    3. Namlantiruvchilar;

    4. Quyuqlashtiruvchilar;

    5. Konservantlar;

    6. Solyubillovchi moddalar;

    7. BFM lar.

    Birinchi guruh - struktura hosil qiluvchilarga mansub bo‘lgan xom-ashyolar moylar va mumlarga bo‘linadi.

    Moylarga - suyuq uglevodorodlar, silikonlar, o‘simlik moylari va hayvon yog‘i, alkil efirlari, letitsin va uning hosilalari kiradi, Ular losonlarning asosiy struktura hosil qiluvchi ingridientlari hisoblanadi. Mumlar ko‘pincha moyli fazani quyuqlashtiruvchi va emulsion sistemani kerakli qovushqoqligi, turg‘unligini ta’minlovchi vosita vazifasini bajaradi. Ulardan asalari mumi, spermatset, lanolin, qattiq uglevodorodlar, metil va stearil spirtlari, etilenglikolmonostearat va polietilenglikol-400 distearatlar losonlar texnologiyasida keng qo‘llaniladi. Lekin ularning konsentratsiyasi losonlarda chegaralangan bo‘lishi kerak, chunki me’yordan ortiq qo‘shilsa losonning oquvchanligi o‘zgarib gel hosil bo‘lishi mumkin.

    Los’on tarkibiga namlantiruvchi vositalar sifatida polispirtlar: propilenglikol, glitserin, sorbitol, polioksietilensorbitol qo‘shilishi mumkin. Ular terini namlashdan tashqari, geterogen sistemalarni turg‘unligini ta’minlaydi.


    Download 6,71 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   517




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.