Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet240/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   517
Shirinlashtirgichlar. Bugungi kungacha dori vaositalarni ta’mini tuzatish uchun asosan qand (saxaroza) ishlatilib kelingan, shuningdek u to‘ldiruvchi, konservant va solyubillovchi yordamchi modda sifatida ham ishlatilgan. Biroq, uning shirinlashtirish potensiali deyarli katta bo‘lmaganligi sababli, dori vositalar tarkibiga katta miqdorda qo‘shilishi lozim. Masalan, dimedrolning achchiq ta’mini tuzatish uchun dimedrolning massasiga nisbatan saxaroza 50 – 100 marta ko‘p qo‘shilishi kerak. Olib borilgan biofarmatsevtik izlanishlar natijasi bo‘yicha ayrim hollarda dori vosita tarkibida qand miqdorini ko‘payishi ta’sir etuvchi dori moddaning so‘rilishiga (kalsiy tuzlarini saqlovchi preparatlar) salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ayrim hollarda ularning zaharliligi ortishi (nitrofuranlar) isbotlangan. Shuningdek, qandli diabet, diatez va shu kabi boshqa kasalliklarda qandni yordamchi modda sifatida ishlatish mumkin emas.

Fruktoza barqaror birikma emas, uning tarkibida tarang oksidlangan halqasimon furanozli sikl bo‘lib, u eritmalarga jigarrang rang beruvchi furfurol, gumin va boshqa moddalar hosil qilishi mumkin, bu esa dorilarni turg‘unligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bugungi kunda mahalliy farmatsevtika korxonalarida korrigentlar sifatida maltoza, laktoza, invertlangan qand, limon kislotasi, glitserin, saxarol; xorijda esa dulsin, saxarin, sorbitol, tabiiy va sun’iy asal, karboksimetilsellyuloza, metilsellyuloza, mannitol, shuningdek sintetik shirinlashtirgichlar - siklomatlar (siklogeksilsulfamin kislotasining natriy va kaliyli tuzlari) ishlatiladi, ular shirinlik indeksi bo‘yicha qanddan 30 marta shirinroq.


Download 6,71 Mb.
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6,71 Mb.