Sirtga ishlatiladigan suyuq dorilar. Sirtga ishlatiladigan suyuq dorilar asosan eritmalar, yog‘lar, ko‘z tomchilardan tashkil topgan. Sirtga qo‘llaniladigan eritmalardan kaliy permanganat, furatsilin, vodorod peroksidi, brilliant ko‘ki, etakridin laktat, kollargol eritmalari keng ishlatiladi. Bu eritmalarni texnologiyasini tanlashda dori moddalarning fizik-kimyoviy xossalari, ularning yuqori haroratga chidamligi hisobga olinadi.
Kaliy permanganat eritmalari aseptik sharoitda oldindan sterillangan suvda tayyorlanadi va eritilgandan so‘ng sterillanmaydi (termolabil bo‘lganligi uchun). Bu eritmani tayyorlashda kaliy permanganatni eruvchanligi hisobga olinadi.
YaTCh terisiga moylar (shaftoli, kungaboqar, vazelin) surtiladi. Ular qo‘llanilishdan oldin 1800 S - 30 daq. davomida kuritgich shkafida, 30 g dan shisha idishlarga qadoqlanib, IR - 21 navli rezinka tiqinlar va alyuminiy qopqoqlar bilan berkitilgan xolda, sterillanadi.
Ko‘z tomchilari. Xar bir tug‘ilgan chaqaloqga, blennoreya kasalligini oldini olish maqsadida, 30% li sulfatsil natriy ko‘z tomchilari tomiziladi. Ularning texnologiyasi 195 buyruqning ilovasidagi 4 – jadvalida keltirilgan.
Tarkib:
Sulfatsil natriy 3,0
1M xloridvodorod kislotasi 0,035 ml
Natriy tiosulfat 0,015
Tozalangan suv 10 ml gacha
Ko‘z tomchilar 1200 S- 8 daq. davomida sterillanadi.
|