Qattiq dori turlari. YaTCh uchun mo‘ljallangan qattiq dori turlaridan asosan poroshoklar va sepmalar keng qo‘llaniladi.
Poroshoklar (elaki dorilar, kukun, tolqon) – ichish yoki sirtga ishlatish uchun mo’ljallangan, bir yoki bir nechta maydalangan, sochiluvchan xossaga ega dorivor kukunlardan tashkil topgan qattiq dori turi; p. kimyoviy moddalar, o’simlik qismlarini maydalab tayyorlanadi. Yirik poroshoklar ichiladi, juda mayda poroshoklar burun, ko’z, hiqildoq shilliq pardalariga sepiladi
Poroshoklar (ichish uchun). Ichish uchun poroshoklar retsepturaning taxminan - 40% tashkil etadi. Ularning texnologiyasining o‘ziga xosligi:
- aseptik sharoitda tayyorlanishi;
-dori moddalar kichik dozalarda bo‘lishi;
-to‘ldiruvchilar qo‘shilishi ( asosan saxaroza va glyukoza).
Tayyorlangan poroshoklarni qadoqlash uchun mumlangan kog‘oz ishlatiladi. Poroshoklar bir yoki ko‘p komponentli (ikki va undan ko‘p) bo‘lishi mumkin.
YaTCh retsepturasida ko‘pincha quyidagi aralashmalar uchraydi:
1.Eufillin 0,003
Saxaroza 0,2
2.Dimedrol 0,005
Saxaroza 0,2
Tarkibida dibazol, fenobarbital, vitaminlar saqlovchi poroshoklar ham keng qo‘llaniladi.
In’eksion eritmalar. In’eksion eritmalar ham YaTCh uchun qo‘llaniladi, lekin ularni o‘tkir zaruriyat bo‘lganda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
|