Moy/suv emulsiyalar – bunday tipdagi suyuq emulsiyalar sotuvga “tozalovchi sut” nomi bilan chiqadi. Ular o‘z tarkibida ko‘p miqdor suv saqlaganligi sababli yog‘li asosdagi tozalovchi vositalar bilan suv asosidagi tozalovchi vositalar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi. YUz terisidagi yog‘li iflosliklarni (makiyaj) bartaraf etishda bunday sistemalar yaroqsiz. Suyuq konsistensiyasi va qo‘llanilishi engilligi, moyning miqdori oz bo‘lganligi, shuningdek, osonlik bilan tozalanishi bunday sutlardan kundalik foydalanishga asos bo‘ladi.
Teri yuzasida engil shimilishi sababli ular tarkibiga turli BFM kiritish uchun ishlatiladi. Ta’sir etuvchi moddalar sifatida xolesterol, letsitin, vitaminlar, gormonlar, o‘simlik ajratmalari va boshqa BFM kiritiladi. Hozirgi vaqtda ular tarkibiga fitohimoyalovchi moddalar kiritiladi.
Kosmetik sut tarkibidagi terini tozalovi faza asosan uglevodorodlardan va chumoli kislotasining izopropili yoki o‘simlik moylaridan iborat. Oz miqdorda glitserin va shilimshiq moddalar qo‘shilganda emulsiya teriga elimlik xossaning namoyon qilmaydi. Lanolin va setil spirtining oz miqdori sutning tozalash xossasini kuchaytiradi. Bunday sistemalarda emulgator sifatida aminli sovun kiritiladi va shu sababli yumshoq emulsiya hosil bo‘ladi. Tarkibdagi suv 50-80% ni tashkil etadi. Ko‘pincha bunday vositalar tarkibiga meva sharbatlari kiritilib, sut nomida meva nomi ham aks etadi. Aromatizatorlar miqdori 0,5% dan oshmasligi kerak.
Aralash tipdagi emulsiyalar – bu guruhga asosan “salqinlantiruvchi” kremlar kirib, ularning tozalash xususiyati ham yuqori. Tarkibida moyli faza ko‘p miqdorda saqlagan bunday sistemalar mo‘‘tadil konsistensiyali va teriga oson surtiladi.
Terini tozalashdan tashqari bunday sistemalar tungi, u/b nurlaridan himoyalovchi, shuningdek sportda qo‘llanilishi sababli bitta sut asosiga turli komponentlarni qo‘shib, har xil maqsadda ishlatish mumkin.
Agar kosmetik sut terini tozalashga mo‘ljallangan bo‘lsa, uning moyli fazasini chumoli kislotasining izopropil kompleksi yoki lanolin oz miqdorda qo‘shilgan uglevodorodlar tashkil etadi.
Emulgatorlar
SFMlar sifatida tabiiy, sintetik va yarimsintetik yuqori molekulyar birikmalar qo‘llaniladi.
Ularning molekulalari gidrofil va gidrofob qismlardan iborat. Gidrofil qismlari – sulfat, sulfonat, karboksi guruhlari, ko‘p atomli spirtlar, murakkab efirlardan iborat.
Lipofil guruhlar esa uglevodorodlar, yog‘ kislotalari, alkil, aromatik uglevodorod radikallaridan tashkil topgan.
Emulgatorlarning gidrofil guruhli qismi doim suvli fazaga, lipofil guruhi yog‘li fazaga qaratilgan. SHu tartibda emulgatorlarni joylanishi yuza tarangligi pasayishini ta’minlaydi.
SHu xossalari bo‘yicha ularni quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Ionogen emulgatorlar – elimlar, o‘simlik shilimshiqlari, alkil sulfatlar, pektinlar, sovunlar, ammoniy asoslarining tuzlari.
2. Noionogen emulgatorlar – sorbitanning sintetik xosilalari, tvinlar va spanlar, T-2, kraxmal, sellyuloza xosilalari.
3. Amfoter emulgatorlar – jelatoza, kazein, quruq sutlari.
Ularning xossalari lipofil va gidrofil guruhlarining o‘zaro ta’siri bilan belgilanadi. Gidrofil guruhlari ulushini gidrofil-lipofil balans (GLB) deb nomlanuvchi son ko‘rsatkichi bildiradi. Ushbu ko‘rsatkich nemis olimi Grifin tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, SFM molekulasidagi gidrofil va gidrofob qismlarining o‘zaro nisbatini belgilaydi.
Bu ko‘rsatkich 1-40 oralig‘ida bo‘lib, kichik ko‘rsatkich suv/moy, katta ko‘rsatkich esa moy/suv tipi bo‘yicha emulgator tanlashni taqozo etadi (1-jadval).
1-jadval
|