Kosmetik emulsiyalar (sutlar) TEXNOLOGIYASI
Kosmetik sutlar – kosmetik vositalarning keng qo‘llaniladigan dori turi bo‘lib, terini tozalash, oziqlantirish, yumshatish, namlash, sovutish vazifasini bajaradi.
Kosmetologiya va dermatologiyada sutlarning ahamiyati katta, chunki yog‘lar va boshqa gidrofob tabiatli komponentlar (moylar, uglevodorodlar, va sh.o‘.)ning yuqori dispersligini ta’minlash imkoniyati bo‘ladi. Bu esa emulsiya turidagi kosmetik mahsulotlarini yuz terisiga so‘rilishi ta’minlaydi. Kosmetik sutlarni tarkibi, texnologiyasi, struktura – mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha emulsiya dori shakliga to‘g‘ri keladi. SHu sababli XI DF ning “Emulsiyalar” umumiy maqolasi bo‘yicha tayyorlanib, sifati baholanadi.
Emulsiyalar – bu kamida 2 ta bir-birida aralashmaydigan suyuqliklardan tashkil topgan dispers sistemalar.
3 turdagi emulsiyalar mavjud:
1. Suv/moy tipdagi
2. Moy/suv tipdagi
3. Aralash tipdagi.
|