LABORATORIYA ISHI
I. Quyidagi keltirilgan suyuq kosmetik vositalarini texnologiyasini asoslash:
1. Xusnbuzarli teriga mo‘ljallangan fitoloson
Tarkib:Tirnoqgul gullari tindirmasi 10 ml
Glitserin 10,0
Etil spirti 96% 20 ml
Natriy tetraborat 1,0
Tozalangan suv 90 ml
2. Suyuq shampun:
Sovun eritmasi 20% 40,0 g
Moychechak damlamasi 10% 40,0 g
Etilspirti 90% 5,0 g
Glitserin 5,0 g
II.Kosmetik sutlar umumiy texnologiyasi
Texnologiya 2 bosqichdan iborat:
1 – birlamchi yoki emulsiya asosini tayyorlash
2 – birlamchi emulsiyani suyultirish.
100 g emulsiya uchun 10 g moy olib, unga nisbatan emulgator jadval bo‘yicha olinadi va shu olingan moy bilan emulgatorning yig‘indisini yarmicha suv solinadi va aralashtiriladi. Bunda o‘ziga xos tovush chiqib, so‘ng suv bilan suyultiriladi. Misollar:
Antiseptik sut tarkibi:
Tarkib: Vazelin 270,0
Setil spirti 30,0
SHaftoli moyi 50,0
Atirgul suvi 120 ml
Texnologiya: suv hammomida setil spirti vazelinda eritilgach, shaftoli moyi bilan aralashtiriladi. CHinni havonchaga o‘tkazib, bir oz sovutiladi. Aralashmaga oz-ozdan atirgul suvi qo‘shib, mo‘‘tadil eritma hosil qilinadi.
|