|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 351/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
Suyuq pudralar – bu oddiy pudralarni suvli-glitserinli eritmasida, oz miqdorda spirt qo‘shish bilan tayyorlanadigan mahsulot. SHuningdek yog‘simon komponentlar – spermatset, stearin kislotasi, parfyumer moyi, glitserin monostearat va boshqalar qo‘shiladi. Suyuq pudralar tayyorlanadigan idishlar “romli” aralashtirgich bilan ta’minlangan bo‘ladi.
Pudralar konsistensiyasiga qarab suyuq mahsulotlar quyiladigan apparat yordamida idishlarga qadoqlanadi yoki bu maqsadda “tuba” to‘latuvchilar ishlatiladi agar mahsulot qovushqoq bo‘lsa.
Krem-pudralar yoki tonal-kremlar – bu murakkab tarkibli emulgo-suspenziyalar (ya’ni kolloid sistemalar) bo‘lib, teri nuqsonlarini berkitish va teriga sog‘lom va xushro‘y rang beruvchi kosmetik vosita.
Krem-pudralar tarkibida katta ahamiyatga ega bo‘lgan sirt faol moddalar (SFM) bor, ular mahsulotni sifatini belgilaydi. Texnologiyasi suyuq pudralarnikiga o‘xshash bo‘lib, bunda bir jarayon bo‘yovchi moddalar suspenziyasini olishdir.
|
| |