Pudralarni ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan materiallar (pudralar tarkibi)




Download 6.71 Mb.
bet349/517
Sana01.07.2021
Hajmi6.71 Mb.
#15312
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   517
Pudralarni ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan materiallar (pudralar tarkibi)

1. O‘simlik asosli pudralar tarkibiga turli kraxmallar – bug‘doy, guruch, kartoshka, makkajo‘xori, plaun sporalari (likopodiy) qo‘shiladi. Ularning tarkibida qurib qolmaydigan moylar bor. O‘simlik asosli pudralar miroorganizmlar ta’siriga beqarorligi sababli, ularning tarkibiga konservant va antiseptik moddalar kiritiladi. O‘simlik asosli pudralar ishqalanishi tufayli jarohatlangan quruq teriga surtishga mo‘ljallangan bo‘ladi, biroq mikroorganizmlar bilan tez zararlanishi sababli qo‘p namlanadigan va terlaydigan teriga surtish mumkin emas.

2. Mineral asosli pudralar tarkibiga talk, bo‘r (kalsiy karbonat), magniy karbonat, oq gil – kaolin va ruh oksidi qo‘shiladi. Mineral pudralar burishtiruvchi, sovituvchi, terini qurishi va qichishini kamaytiruvchi xossaga ega.

3. Aralash asosli pudralar eng yaxshi pudralardan hisoblanadi, ular terini mayin va tekis qilib qo‘yadi.

Pudra tarkibiga qo‘shiladigan ruh osidi, titan ikki oksidi va kaolin (oq gil) teridan ajralib chiqqan moddalarni – ter va yog‘larni shimib oladi (adsorbsiyalaydi), teri va burunni yaltirashini yo‘qotadi va yupqa qatlam hosil qilib, terini tekis va mayin qilib ko‘rsatadi, shuningdek teri nuqsonlarini berkitadi, niqoblaydi va bir tekis tarqalishini ta’minlaydi. Pudra yuz terisiga yaxshi yopishib turishini, shamol esganda to‘kilmasligini va yuzda uzoq vaqt saqlanishini ular tarkibiga qo‘shilgan ruh va magniy stearatlar va qisman kaolin ta’minlaydi. Pudra tarkibiga qo‘shiladigan stearatlar (5-15%) ularga ipakdek mayinlik, yumshoqlik va engillikni beradilar. Pudra teri sirtida engil sirpanishi uchun uning tarkibiga 30-50% oq talk qo‘shiladi.

Gigienik pudralar tarkibiga faqat toza kraxmal yoki kraxmal va talkning teng aralashmasi qo‘shiladi.

Pardozlovchi pudralar tarkibi murakkab bo‘ladi: bug‘doy va guruch kraxmallari, talk, magniy silikat tuzi, ruh oksidi, kaolin, cho‘ktirilgan kalsiy karbonat (bo‘r), qo‘rg‘oshin oksidi yoki qo‘rg‘oshin karbonati, vismut subnitrat kabi moddalar turli tarkibda va turli miqdorda qo‘shiladi. Gigienik pudralar faqat oq rangda bo‘ladi. Pardozlovchi pudralar esa oq, pushti, sarg‘ish – “rashel”, sarg‘ish-pushti, shuningdek to‘q jigarrang (qoraygan teri rangiga o‘xshash) – “terrakota” va shaftoli rangli pudralar ham ishlab chiqariladi (1930 y.).

Pardozlovchi pudraga rang berish uchun anorganik (siena, temir oksidi (III) - Fe2O3) saqlovchi sariq va qizil pigmentlar, organik (eozin, qizil lok va boshqa turli kosmetik bo‘yoqlar qo‘shiladi). Masalan, pudraga pushti rang berish uchun karmin yoki eozin; “rashel” rang berish uchun – oxra yoki eozin va oxra aralashmasi qo‘shiladi. Pardozlovchi pudralar normal, quruq yoki yog‘li terilar uchun ishlab chiqariladi.

Normal teri uchun mo‘ljallangan pudralar tarkibida guruch, bug‘doy yoki kartosha kraxmali, talk va magniy sulfat bor.

YOg‘li terilar uchun mo‘ljallangan pudralar tarkibida guruch yoki bug‘doy kraxmali, 20% ruh oksidi, magniy karbonat, talk, kaolin, ruh stearati, bariy sulfat kabi moddalar bo‘ladi.

Quruq teri uchun mo‘ljallangan pudralarga 5% gacha oqartiruvchi moddalar – ruh oksidi, kaolin va 0,5-1% lanolin va vazelin qo‘shiladi.

Normal va quruq terilarga yupqa (o‘ta maydalangan) pudra, yog‘li terilar uchun yirikroq (dag‘al) pudralarni qo‘llash tavsiya etildi. Bugungi kunda ishlab chiqariladigan pudralar assortimenti juda ko‘p (30 dan oshiq!). Sifati bo‘yicha pudralar 3 guruhga bo‘linadi:

Ekstra – qo‘shimcha maydalangan quruq, normal va yog‘li terilar uchun;

1-guruh - №73 ( 939 mkm kapron setka) – quruq yoki yog‘li teri uchun ishlab chiqariladi;

2-guruh №61 ( 9015 mkm kapron setka) – quruq yoki yog‘li teri uchun ishlab chiqariladi;

Bu guruhdagi pudralar nafaqat maydalik darajasi, balki tarkibi bilan ham farqlanadi. Ularning rangi: oq, pushti, och rashel, rashel, engil qorayish, qorayish va boshqalari bor.




Download 6.71 Mb.
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   517




Download 6.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pudralarni ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan materiallar (pudralar tarkibi)

Download 6.71 Mb.