Yumshoq kosmetik vositalarni fizik-kimyoviy hossalarini baholash




Download 6.71 Mb.
bet385/517
Sana01.07.2021
Hajmi6.71 Mb.
#15312
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   517
Yumshoq kosmetik vositalarni fizik-kimyoviy hossalarini baholash

Kosmetik kremlar – surtmalar (pastalar) ga o‘xshash quyuq yoki suyuq konsistensiyaga ega, yoqimli tashqi ko‘rinishga va hidga ega bo‘lgan, teri va sochlarni parvarish qilishga mo‘ljallangan kosmetik vositalar. Inglizchadan tarjima qilinganda “qaymoq” ma’nosini anglatadi. Kremlar tarkibida yog‘lar, mumlar, neft mahsulotlari sirtfaol moddalar (SFM), emulgatorlar, to‘ldiruvchilar, konservantlar, biofaol moddalar (BFM), aromatizatorlar va boshqa moddalar bor. Kremlar asosi bo‘yicha:

  • yog‘li;

  • emulsion (moy/suv, suv/moy va aralash tipdagilar);

  • gellar (krem-gel) tasniflanadilar.

Konsistensisi bo‘yicha kremlar quyuq (surtma yoki pastasimon) va suyuq (emulsion) bo‘lib, emulsion kremlar 98% gacha suv saqlashi mumkin.

YOshiga qarab kosmetik kremlar ayollar uchun, erkaklar uchun, o‘smirlar uchun va bolalar uchun bo‘ladi: 18-25 yosh, 25-30 yosh, 30-35 yosht, 35-45 yosh, 45 yoshdan katta). Ishlatish vaqti bo‘yicha kunduzgi (namlovchi va himoyalovchi) va kechqurungi (oziqlantiruvchi)

Funksional ta’siri bo‘yicha oziqlantiruvchi, tozalovchi, namlovchi, maxsus (lifting, oqartiruvchi, qoraytiruvchi) va himoyalovchi kremlar bo‘ladi. Kremlarning sifati DST (GOST 29189-91 va GOST R 52343-2005 «Kremы kosmeticheskie. OTU» talabiga javob berishi lozim.

Kosmetik kremning sifatini baholash GOST 29188.0-91 bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda krem namunalari tanlab olinidi (tasodifiy tanlab olish yo‘li bilan):

10 mingtagacha donadan tashkil topgan har bir partiyadan — 6 donadan kam bo‘lmagan namuna, 10 mingta donadan ko‘p bo‘lgan partiyadan — 3 donadan kam bo‘lmagan namuna, har 5 mingta donadan tashkil topgan partiyadan – 1 namuna tanlab olinadi. Tahlil qilish uchun ajratib olingan namunalar birlashtiriladi va massasi 150 g dan kam bo‘lmagan yig‘ma namuna tashkil qilinadi.

Kosmetik kremlarni GOST talabiga javob berishini tekshirish uchun topshirish-qabul qilish nazoart tajribalari va vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan nazorat tajribalari mavjud. Tayyor kosmetik krem mahsulotini topshirish-qabul qilish nazorat tajribalarda quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi: tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi, vodorod rN ko‘rsatkichi, tomchi tushish harorati va kolloid turg‘unligi. Tayyor kosmetik krem mahsulotini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tajribalarida quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi: mahsulotning namligi va uchuvchan moddalar miqdori, termobarqarorligi, og‘ir metallar miqdori va mikrobiologik tozaligi.

Kremlar tashqi ko‘rinishi: hidi va rangi bo‘yicha, bir hilligi bo‘yicha va boshqa fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanish mezonlari 7.3-jadvalda keltirilgan.

3-jadval





Download 6.71 Mb.
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   517




Download 6.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yumshoq kosmetik vositalarni fizik-kimyoviy hossalarini baholash

Download 6.71 Mb.