|
Kremlarning fizik-kimyoviy xosaslarini baholash
|
bet | 386/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
Kremlarning fizik-kimyoviy xosaslarini baholash
Ko‘rsatkich nomi
| Kremlar tavsifi va me’yori |
Emulsion kremlar
|
Gellar
|
YOg‘li
kremlar
|
Suv va uchuvchan moddalarning miqdori, %
|
5.0-98.0
|
5.0-98.0
|
-
|
Vodorod ko‘rsatkichi rN
|
5.0-9.0
|
5.0-9.0
|
5.0-9.0
|
Tomchi tushish xarorati, S
|
-
|
-
|
39-55
|
Kolloid turg‘unligi
|
Turg‘un
|
turg‘un
|
-
|
Termoturg‘unligi
|
Turg‘un
|
turg‘un
|
-
|
Og‘ir metallar midori, % (mg/kg), ... dan ko‘p emas
|
0.0020(20.0)
|
4-jadvalda emulsion kremlarning emulsiya tipi va konsistensiyasi bo‘yicha fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari keltirilgan (GOST 29189-91).
4-jadval
Emulsion kremlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkich nomi
| Kremlar normasi |
Quyuq
|
Suyuq
|
Suv/
Moy
|
Moy/
Suv
|
Aralash tipda
|
Boshqa tipda
|
Glitserin miqdori, %,
...dan ortiq emas
|
-
|
30,0
|
8,0
|
15,0
|
Suv va uchuvchan moddalarning miqdori, %
|
8,0- 75,0
|
20,0-95,0
|
40,0 - 75,0
|
53,0- 97,5
|
Ishqor miqdori, KON midorida, %, ...dan ko‘p emas
|
-
|
1,0
|
1,0
|
1,0
|
Vodorod ko‘rsatkichi rN
|
5,0- 9,0
|
5,0- 9,0
|
5,0- 9,0
|
5,0-9,0
|
Kolloid turg‘unligi
|
Turg‘un
|
Termoturg‘unligi
|
Turg‘un
|
Kremlarda vodorod pH ko‘rsatkichini aniqlash. Maxsus kremlar (skrab, piling, oqartiruvchi kremlar, qoraytiruvchi kremlar, himoyalovchi kremlar va h.k.) hamda tarkibida turli o‘simlik ekstraktlarini, meva kislotalarini saqlagan kremlar uchun vodorod ko‘rsatkichi pH 3,0-9,0 oralig‘ida, depilyasiya uchun kremlarda esa 7,0-12,7 oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
Krem tarkibida lanolinni aniqlash. 5,0-10,0 g o‘rganilayotgan namuna probirkada 10-15 ml xloroform va 2-3 ml 5% xlorid kislotasi bilan chayqatiladi. YOg‘li moddalar erigan xloroformli qatlam ehtiyotkorlik bilan 5-10 ml konsentrlangan sulfat kislotasi saqlagan probirkaga quyiladi. Namuna tarkibida lanolin bo‘lsa, eritma konsentrlangan kislotaga tegib turgan joyda to‘q-qizil halqa hosil bo‘ladi.
Krem tarkibida glitserinni aniqlash. a) Suyuq kremlar tarkibida glitserin miqdorini aniqlash uchun 10 ml suyuq kremga 10 ml tozalangan suv va tuz qo‘shiladi va aralashma qizdiriladi. Krem tarkibidan ajralib chiqqan tuzli suv filtrlanadi. Filtratga potash (kaliy karbonat) qo‘shiladi va suv hammomida qiyomsimon massa hosil bo‘lgunicha bug‘latiladi. Bug‘latilgan eri tmaning bir nechta tomchisi probirkada 0,25-0,50 g kaliy sulfat qo‘shilib qizdiriladi. Agar aralashmada glitserin bo‘lsa, akrolein – kuygan yog‘ hidili oq ranli bug‘ hosil bo‘ladi.
b) Glitserinni stearatli kremlar tarkibida aniqlash uchun shisha stakanga 10,0 g surtma namunasi solinadi va ustiga 30 ml tozalangan suv quyilib aralashtiriladi, aralashmaga ehtiyotkorlik bilan 5 ml konsentrlangan xlorid kislotasi qo‘shiladi va idish qizdiriladi. Parchalanish reaksiyasi natijasida ajralib chiqqan yog‘ kislotasi bo‘luv voronka yordamida ajratib olinadi. Suvli qatlam filtrlanib, eritmaga potash qo‘shiladi va suv hammomida bug‘latilib, qiyom holatiga etgunicha quyuqlashtiriladi. Hosil bo‘lgan qiyomsimon massaga oldindan suvsizlantirish maqsadida qizdirilgan natriy sulfat qo‘shiladi, hosil bo‘lgan aralashma filtr qog‘ozidan tayyorlangan kapsulaga o‘raladi va Sokslet apparatida atseton bilan ekstraksiya qilinadi. Atseton oldindan qizdirilgan potash bilan quritilgan va qayta haydalgan bo‘lishi lozim. 2-3 soatli ekstraksiyadan so‘ng erituvchi haydab olinadi va ajralib chiqqan glitserin tortiladi.
Suyuq kremlar tarkibida etil spirtini aniqlash. Probirkaga 25-30 ml suyuq krem solinadi va chiqarish uchun moslangan shisha naychali probka bilan yopiladi, so‘ng probirka ichidagi suyuq surtma qaynagunicha qizdiriladi. Bug‘ bilan ajralib chiqqan etil spirti boshqa probirkada kondensatsiya qilinadi. Kondensatga 2-3 tomchi kaliy yod to‘yingan eritmasida eritilgan yod va bir necha daqiqa turganida yo‘qolmaydigan sarig‘ish rang hosil bo‘lgunicha 10% natriy ishqor eritmasi tomchilatib qo‘shiladi. Aralashma 1 daqiqa 600 S haroratda isitiladi va so‘ng sovitiladi. Sariq kristallik cho‘kmani hosil bo‘lishi hamda yodoformga xos hidni tarqalishi mahsulotda etil spirti borligidan dalolat beradi.
Mikrobiologik ko‘rsatkichi bo‘yicha kosmetik kremlar kosmetika-parfyumeriya vositalari uchun SanPiN 1.2.681-97 da keltirilgan gigienik talablarga javob berishi kerak.
Toksikologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kosmetik kremlar 4-sinf - kam havfli vositalar turkumiga mansubdirlar. SHu sababli ular umumiy zaharli, terini qitiqlovchi va sensibillovchi ta’sir o‘tkazmasliklari lozim.
Kosmetik kremlar – yong‘in chaqiruvchi va portlovchi vositalar ekanligini esda tutish va xafsizlik choralarga alohida ahamiyat berish lozim!
Tish pastalari, eliksirlar, poroshoklar. Ushbu kosmetik vositalar og‘iz bo‘shlig‘ini va tishlarni parvarish qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular gigienik-profilaktik va davolovchi bo‘ladilar. Kariesni oldini olish uchun ular tarkibiga kalsiy tuzlari va ftor qo‘shiladi. Paradantozni oldini olish va davolash uchun o‘simlik ekstraktlari (katta zubturum, dalachoy, evkalipt, isiriq, va boshqalar) qo‘shiladi.
Tish poroshoklari tarkibida asosiy modda bu cho‘ktirilgan mel (kalsiy karbonat) bo‘lib, tish poroshoklari ta’mini yaxshilash uchun aramatizatorlar qo‘shiladi (mentol, yalpiz moyi va h.k.). tish poroshoklari asosan tozalovchi vazifani bajaradilar. Kuchli abraziv xossaga egaligi sababli zayif va to‘kilayotgan tishlarni tozalashda ishlatish tavsiya etilmaydi.
Tish pastalari poroshklar kabi muhim tozalovchi vositalar turkumiga kiradi Tish pastalar tarkibida abraziv, gel hosil qiluvchi, qo‘pik hosil qiluvchi moddalar bor va ko‘p atomlik spirtlar – konservatsiya qilish uchun, ta’m va hid korrigentlari qo‘shiladi. Tish poroshlaridan farqli tish pastalarining abrazivlik xossasi kam, ta’sir etishi faolroq va ishlatish uchun qulay. Tish pastalrining sifatiga stomatologlar baho beradilar. Bunda tish pastalarning kariesga va yallig‘lanishga qarshi ta’siri, abrazivligi, tozalash va remenerallash (tish minerallarini tiklash) xossalari o‘rganiladi. Tish pastalarni sifatini baholashda abraziv moddalarning dispersilik darajasini, abraziv moddalarning qattiqligini, rN ko‘rsatkichini tekshirish lozim. Gel hosil qiluvchi moddalar ham tish pastalarning konsistensiyasini belgalaydilar. Shuning uchun tish pastalarning qovishqoqligi, plastikligi, gidrokolloid eritmalarning tiksotrop hossalari o‘rganiladi. Ko‘pik hosil qiluvchi moddalar ko‘pirmaydigan tish pastalari tarkibiga - 0,2%, ko‘piradiganlarga esa 1,2-2% gacha qo‘shiladi. Tish pastalari tashqi ko‘rinishi (bir hilligi, rangi, hidi va ta’mi), kalsiy va magniy karbonatlar miqdori -25-43%, glitserin – 10-33%, tozalangan suv – 19-45%, og‘ir metallar summasi – 0,1% dan oshiq emas, rN 7-10,3. Tish pastalari tubalardan oson chiqarilishi, tish chyotkadan oqib tushmasligi lozim va ular bu hossalarini uzoq vaqt saqlab qolishi zarur. Bundan tashqari tish pastalar tarkibida fenol, evgenol, savol, geksaxlorofen, rug‘ va magniy sulfatlari, essensiyalar, glitserin, ko‘p atomlik spirtlar va azobo‘yoqlar miqdori 1% eritmalarda aniqlanadi.
Tish eliksirlari – suvli-spirtli eritmalar bo‘lib, ularning tarkibida turli tish uchun foydali moddalar majmuasi bo‘ladi. Tish eliksirlari og‘izni chayish uchun ishlatiladi. Davolovchi tish eliksirlarini qo‘llash uchun 1 stakan suvga 25-30 tomchi, gigenik maqsadda qo‘llaniladigandari esa – 1 stakanga 10-15 tomchi solinadi. Bunda suvning harorati 35-40° bo‘lib, chayish 2-3 daqiqadan kam bo‘lmasligi lozim. Suyuq og‘iz bo‘shlig‘ini gigienik parvarish qilish uchun qo‘llaniladigan kosmetik vositalarni fizik-kimyoviy xossalarini baholash kuyidagi talablar buyicha amalga oshiriladi:
5-jadval
Suyuq og‘iz bo‘shlig‘ini gigienik parvarish qilish uchun qo‘llaniladigan kosmetik vositalarni fizik-kimyoviy xossalarini baholash
|
| |