13-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
MAVZU: Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi
Mavzuni ahamiyati: Zamonaviy veterinariya dorilar nomenklaturasi, ularni dorixatda berish usullai bilan tanishish, mustaqil veterinariya amaliyotida ishlatiladigan qattiq, suyuq va yumshoq dori turlarini tayorlash va sifatini baholashni o’rgatish.
Vaziyatli masalalar:
Talaba keltirilgan retseptlarda hayvonlar uchun mo’ljallangan dorilar dozasini to’g’ri hisoblashi lozim edi. Hosob-kitobdan keyin talaba dozalar to’g’ri hisoblangan deb javob berdi. 8-ilovaga asoslanib hosob-kitob to’g’riligini tekshiring.
1. Ot uchun 5 ta poroshok tayorlash lozim: mishyak anangidridi (Arsenii trioxydum) 0,2 g; tozalangan oltigugurt (Sulfur depuratum) 0,3 g. Ichish uchun. Kuniga 1 poroshokdan.
2. Ot uchun 12 ta poroshok tayorlash lozim: simob monoxlorid (Hydrargyri monochloridum) 0,3 g va qand (Saccharum). Ko’zga puflash uchun.
3. It uchun 12 ta poroshok tayorlash lozim: kodein fosfat (Codeini phosphas) 0,05 g va natriy gidrokarbonat (Natrii hydrocarbonas) 0,3 g. Ichish uchun. 1 poroshokdan kuniga 3 mahal.
4. Sigir uchun poroshok: karlovar tuzi (Sal. carolinum factitium) 500,0 g, archa mevasi poroshogi (Fructus Juniperi) 200,0 g. Ichish uchun. 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
5. It uchun Analgin (Analginum) tabletkasi 0,5 g № 10. Ichish uchun. 1 tabletkadan kuniga 3 mahal.
6. It uchun tarkibida 0,1 g dan erkak paporotnigi ekstrakti (Ext. Filicis maris)ni saqlovchi 2 kapsula. Ichish uchun. 1 kapsuladan kuniga 3 mahal.
7. Ot uchun tarkibida 0,2 g dan kaliy permanganat (Kalii permanganatis) saqlovchi 6 bolyus. Ichish uchun. 1 bolyusdan kuniga 3 mahal.
8. Ot uchun tarkibida 3,0 g dan kaliy yodid (Kalii iodidum) saqlovchi 6 bolyus. Ichish uchun. 1 bolyusdan kuniga 3 mahal.
9. Cho’chqa uchun tarkibida 4,0 g angishvonagul bargi (Folium Digitalis) poroshogini saqlovchi bo’tqa. Yurak etishmovchiligida bir marta ichish uchun.
10. Cho’chqa uchun tarkibida 5,0 g eman daraxti po’stlog’i (Cortex Quercus) poroshogi va 2,0 g fenilsalitsilat saqlovchi bo’tqa. Bir marta ichish uchun.
Taklif etilgan vaziyatli masalalarni «muammoli vaziyat» mеtodi asosida bajarish tavsiya etiladi:
“Muammoli vaziyat”
|