Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dorilar ta’rifi, tasnifi
Veterinariya lotin tilidan — veterinarius — mol boqish, parvarishlash, hayvonlarni davolash ma’nosini anglatadi
Veterinar farmatsiya farmatsevtik fanining bir maxsus sohasi bo‘lib, hayvonlarning jismoniy, anotomiya, fiziologiya tuzilishi o‘ziga xos bo‘lishlarini xisobga olgan xolida mustaqil ravishda rivojlangan
Veterinariyada ishlatiladgan dori turlari maxsus ishlab chiqarish korxonalarda va dorixonalarda, ba’zan tibbiyot dorixonalarida tayyorlanadi.
Bu dori turlarining retseptlari veterinariya vrachlari va feldsherlari tomonidan yozilib, ular ham tibbiyot retseptlariga qo‘yiladigan talablarga javob berishi kerak. Retseptda kasal bo‘lgan hayvon haqida ma’lumot, turi, laqabi, yoshi bo‘lishi lozim. Veterinariyada ishlatiladigan dori turlari, ularning tarkibidagi dorivor va yordamchi moddalar va tayyorlanishi odatdagi dori turlari texnologiyasidan hech qanday farq qilmaydi. Faqat ba’zi dori turlarining hajmi, miqdori ko‘p bo‘ladi (masalan, bolyuslar 0,5-50,0 g, shamchalar 200,0 g gacha) Qo‘shimcha moddalar sifatida javdar uni va ko‘pincha dorilar ta’mi va xidini yaxshilovchi moddalar qo‘shiladi.
Veterinariyada qo‘llaniladigan dorilar ko‘proq dozada berilishi va ayrim o‘ziga xos dori turlarga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Masalan, bo‘tqalar, bolyuslar degan dori turlari ishlatiladi. Veterinariyada ishlatiladigan dori turlari quyidagicha tasniflanadi:
Qattiq dori turlari
Yumshoq dori turlari
Suyuq dori turlari.
Qattiq dori turlariga kukunlar, yig‘malar, tabletkalar, xab dorilar, bolyuslar kiradi. Yumshoq dori turlariga bo‘tqalar, surtmalar, linimentlar kiradi. Suyuq dori turlariga eritmalar, elimshaklar, emulsiyalar va suspenziyalar kiradi.
Veterinariyada dorilarni ishlatishda o‘ziga xos usuldan foydalaniladi, ya’ni tayyor dorilar hayvonlar yaxshi ko‘radigan ozuqalariga qo‘shib beriladi. Masalan, ot va qoramollar osh tuzini, qo‘y va echkilar achchiq moddalarni, it va cho‘chqalar shirinliklarni, mushuklar valerianani yaxshi ko‘radilar. Odatda cho‘chqalar uchun bo‘tqa eng yaxshi dori turi hisoblanadi.
Qush va uy hayvonlari (it, mushuk) uchun xab dorilar, otlar uchun bolyuslar qo‘llaniladi.
Veterinariyada ishlatiladigan dorilar bilan tibbiyotda ishlatiladigan dorilarning umumiy va farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari:
Umumiyligi:
-dorivor moddalarning xillari va sifati;
-dorilar dorixonada tayyorlanishi;
-yoshi ko‘rsatilib retsept yozilishi va X DF da dozalari ko‘rsatilgani;
-texnologiyasi;
-quyidagi dori turlari ishlatilishi: poroshoklar, yig‘malar, suyuqliklar (ichki va tashqi uchun ishlatiladigan), in’eksiya uchun eritmalar, granula, pilyulya, bolyuslar, plastirlar, shamcha va sharchalar, ingalyasiya, surtmalar, yuvish uchun eritmalar va boshqalar.
-ta’m va xidlarni yaxshilash uchun korrigentlar qo‘llanilishi.
|