Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet398/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   517
O‘ziga xosligi, farqi: 1.Tibbiyotda juda kam qo‘llaniladigan dorivor moddalar ishlatilishi:

- qo‘rg‘oshin sulfidi (PbS4) (poroshok, pilyulya, bolyuslarda balg‘am ko‘chiruvchi sifatida qo‘llaniladi);

- temir kuporosi (FeSH4) ich ketarda burushtiruvchi, dezinfeksiyalash uchun ishlatiladi);

- to‘rtta xlorli uglerod (SSl4). Jelatin kapsulada beriladi. Gijjaga qarshi ishlatiladigan vosita;

- oltingugurt, kerosin-qo‘tirga qarshi;

- air ildizi, ukrop, qora zira va arpabadiyon urug‘lari (sut haydovchi vositalar);

- Na2SO4 (glauber tuzi) ich qotganda, ichburug‘da ishlatiladi;

- xloralgidrat (xuqna orqali yuborilib) ot va yirik qoramollarni uxlatish uchun ishlatiladi;

- qora moy, kreolin, ko‘k sovun, terpentin qitiqlovchi sifatida qo‘llaniladi.

2. X DFda 3-4 yoshdagi ot uchun bir martalik dozalar keltirilgan;

3. Veterinariyada ishlatiladigan dori moddalarning dozasini tanlash uchun retseptda xayvonlar turi, og‘irligi, jinsi, yoshi, jismoniy va morfologik xolati, dorini turi va yuborish usuli ko‘rsatilgan bo‘lishi (misol uchun, qushlarga 2.0 g gacha berilsa, otlarga 500ggacha bir martaga mo‘ljallangan bo‘ladi):

4. Tabletkalar kam ishlatilishi, rektal dori turlaridan ko‘proq xuqna, shamchalar, suyuq dorilardan-kolloid eritmalar, emulsiyalar va osilmalar ishlatishi:

5. Bolyuslar 50.0g, shamcha va sharchalar 20.0 g gacha bo‘lishi;

6. Veterinariya amaliyotida ko‘proq uchraydigan dori turlari: bo‘tqalar, yig‘malar, dozalarga bo‘linmagan poroshoklar, klizmalar, in’eksiyalar.

7. Keng korrigentlar ishlatilishi, xayvonlarning nimalarni yaxshi ko‘rishini hisobga olgan xolda. Masalan, ot va yirik qora mollar osh tuzini, qo‘y va echkilar –achchiq moddalarni, it va cho‘chqalar shirinliklarni (shakar, asal, glitserin, chuchukmiya ildizi). Har xil noxush xidlar arpabadiyon, koritsa, yalpiz, efir moylari yordamida yaxshilanadi.

8. Keyin bir xil dorivor moddalar albatta xar xil dori turlarida berilishi, chunki hayvonlar organizmida ovqat hazm qilish a’zolari turli xil tuzilishga ega. Masalan, itlarga dorini toza xolatda berilsa u qayt qilib tashlaydi, agar ovqatga arashtirib berilsa qusmaydi. Otlarga dorini suyuq yoki qattiq xolatda berilishi katta ahamiyatga ega. Mushuklar poroshok xolatdagi dorilarni yoqtirmaydi va shunga o‘xshashlar.

Veterinariyada ishlatiladigan dori moddalarning dozalari hayvonlar turi, og‘irligi, jinsi, yoshi, jismoniy va morfologik xolati, dorini yuborish usuli va boshqa sharoitlarga bog‘liq.


Download 6,71 Mb.
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6,71 Mb.