Tayyorlangan granulalarni gomeopatiya eritmalari bilan to‘yintirish
Granulalarga shimdiriladigan gomeopatik dorivor moddalar 3S suyultirishdan past bo‘lmasligi lozim va uning 70% spirtda 1:1 nisbatdagi eritmasi tayyorlanishi kerak. Moddani bir tekisda tarqalishini ta’minlash uchun 1 kg qand granulalari oldindan 10,0 g 70% etil spirti bilan namlanadi, so‘ng 1 kg granulalarga 10,0 g dori moddaning 3S dan past bo‘lmagan suyultirish darajasiga ega eritmasi purkaladi.
Granulalarni shimdirish ikki usulda olib borilishi mumkin:
Qo‘lda (massasi 1 kg gacha bo‘lgan granulalar shisha bankalarda) 10 daqiqa davomida aralashtirish bilan to‘yintiriladi.
Asboblar yordamida (harakatga keluvchi ichshi a’zolari bo‘lmagan mexanik aralashtirgichda) 3-4 daqiqa davomida. Aralatirgichni ishchi hajmi to‘yintiriladigan granulalardan 1,5-2 marta ko‘p bo‘lishi kerak.
Granulalarni to‘yintirish quyidagicha olib boriladi: to‘yintiriladigan granulalarga nisbatan 1,5 yoki 2 barobar katta hajmdagi shisha idish olinadi va unga 100,0 granulalar solinadi (masalan, 5-raqamli granulalar), ustidan 1,0 g 70% spirti va 1,0 g dorivor moddani ma’lum suyultirishdagi (3S dan past bo‘lmagan) 70% etil spirtdagi eritmasining (1:1) aralashmasidan purkaladi (granula tekis to‘yinishi uchun).
Idish qopqog‘i pergament qog‘oz bilan yopilib, 10 daqiqa davomida qo‘lda yoki 3-4 daqiqa davomida mashina yordamida qattiq silkitiladi. So‘ng pergament qog‘oz solingan teshikchali yog‘och taxta ustiga granulalarni yoyib, ochiq havoda quriguncha qoldiriladi doimiy massagacha). Granulalar to‘liq qurigach, sifati baholanadi va jihozlanadi.
Granulalarni uchuvchan, hidli gomeopatiya dorilaridan tayyorlangan eritmalar va uchinchi yuzlikdan kichik suyultirishdagi barcha kislotalar bilan to‘yintirish mumkin emas. So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra dastlabki granulalarni bir necha bosqichda gomeopatiya dori vositalarini 64% qand qiyomidagi eritmalarida (spirtsiz!) obakilash va quritish bo‘yicha qavatlash usulida tayyorlash ham mumkin. Bunda dastlabki granulalarni o‘lchamida katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Gomeopatik granulalarni olishdagi texnologik jarayonlar 4 tasvirda keltirilgan.
Gomeopatiya tabletkalari texnologiyasi
Gomeopatiya tabletkalari bu – gomeopatiya trituratsiyalarni presslash bilan olinadigan va ichish uchun mo‘ljallangan, qattiq dozalarga bo‘lingan dori turi.
Gomeopatiya tabletkalarini tayyorlashda laktoza, kraxmal, kalsiy va magniy stearat, tozalangan suv, etil spirti va boshqa X1 DF tavsiya etgan va tibbiyotda ishlatishga ruhsat etilgan yordamchi moddalar qo‘llaniladi. Gomeopatiya tabletkalari tarkibiga kiruvchi kraxmal miqdori tabletkaning o‘rtacha massasining 10% dan, kalsiy va magniy stearatlarning miqdori 1% dan oshmasligi kerak, agar xususiy MTH boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa.
Bir tabletka tarkibiga kiruvchi gomeopatiya trituratlatsiyalarning massasi 0,1 g dan 0,25 g gacha bo‘ladi, agar xususiy MTH boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa. Yordamchi moddalar ushbu massaga qo‘shiladi. Gomeopatiya tabletkalari uchun tuziladigan xususiy MTH larda bir tabletka uchun tarkib – gomeopatiya dori vositalari va yordamchi moddalar nomi va miqdori, shuningdek tabletkaning o‘rtacha massasi keltirilishi shart.
Gomeopatiya qattiq dori turlarini sifatini baholash
Gomeopatiya qattiq dori turlarini sifatini baholashda ularning tashqi ko‘rinishiga e’tibor beriladi. Gomeopatiya trituratsiyalarni sifatini baholashda kukunning bir xilligini baholash bilan boshlanadi. Vizual ravishda tekshirilganida tayyor trituratsiyaning rangi va zarrachalarning tarqalganligi bir xil bo‘lishi, qo‘zga tashlanadigan kattalikdagi zarrachalar bo‘lmasligi kerak. Mikroskop yordamida trituratsiyalardagi zarrachalarning katta-kichikligini aniqlashda ob’ktiv -8, okulyar – 15 fodalaniladi, bunda o‘lchami 25 mkm li zarrachalardan tashkil topgan bo‘lishi, va 50 mkm dan katta zarrachalar bo‘lmasligi kerak. Bo‘yalgan dori moddalar va metallardan tayyorlangan trituratsiyalarni bir xil aralashganligi lupa yordamida (75-205 marta kattalashtirilgan) aralashmani 20-25 sm balandlikdan qarab aniqlanadi. Bunda dori modda bir tekisda tarqalgan bo‘lishi kerak.
1X, 2X, 3X li suyultirishdagi trituratsiyalarda dori moddalarni chinligi va miqdorini aniqlash bo‘yicha tahlil o‘tkaziladi. Dori moddan miqdorini chetlanishi quyidagicha taqsimlanadi:
1X (10%) suyultirish darajasiga ega dori moddalar miqdorini chetlanishi 5% dan oshmasligi kerak;
2X (1%) suyultirish darajasiga ega dori moddalar miqdorini chetlanishi 5% dan oshmasligi kerak;
3X (0,1%) suyultirish darajasiga ega dori moddalar miqdorini chetlanishi 10% dan oshmasligi kerak.
Kapillyar-lyuminissent tahlil trituratsiyalarni 5,0 g namunalarida V.Shvabe qo‘llanmasining ko‘rsatmasi bo‘yicha olib boriladi.
3-jadval
Gomeopatiya trituratsiyalarni umumiy massasi bo‘yicha chetlanishi
Berilgan massa, g
|
Chetlanish, %
|
0,1 g gacha
0,1 g dan 0,3 g gacha
0,3 g dan 1,0 g gacha
1,0 g dan 10,0 g gacha
10 g dan 100 g gacha
100 g dan 250 g gacha
250 g dan yuqori
|
15
10
5
3
3
2
0,3
|
Gomeopatiya granulalarini sifatini baholashda tashqi ko‘rinishiga e’tibor beriladi: 2,00,01 g granulalar tortib olib baxolanadi, ular sharsimon ko‘rinishda bo‘lishi lozim. Bir biriga yopishgan granulalar miqdori 1% dan oshmasligi kerak. Buning uchun 5,00,01 g granulalar tortilib, tahlil qilinadi.
Erishi. 10,0 g granulalar tortib olinib, hajmi 100 ml li kolbaga solinadi va 50 ml 370C haroratdagi suvda daqiqasiga 1-2 marta chayqatilib eritiladi. Bunda erish vaqti 5 daqiqadan oshmasligi lozim. Kamida uchta namunada aniklanadi.Quritishdagi massa yo‘qotishi 1 dan 10% gacha. Kapillyar-lyuminissent tahlil trituratsiyalarga o‘xshash 5,0 g maydalangan granulalarda olib boriladi.
Granulalardagi dori moddalarning chinligi va miqdori VFM bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’sir etuvchi moddani mikdori 1X - 3X (0.001 g) suyultirishdagi bulgan granulalarni chetlanishi 15% dan oshmasligi kerak.
4-jadval
Gomeopatiya granulalarini umumiy massasi bo‘yicha chetlanishi
Berilgan massa, g
|
Chetlanish, %
|
1 g gacha
1,0 g dan 100,0 g gacha
|
5
3
|
Gomeopatiya qattiq dori turlarini jihozlanishi
Gomeopatiya dori vositalari MTH da keltirilgan tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi idishlarda (shisha, plastmassa idishlarda, qog‘oz yoki polietilen paketlarda beriladi. Bunda 1X, 2X va 3X suyultirish darajasidagi zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar saqlaydigan dori vositalar belgilangan (A va B guruhdagi dori vositalar) tartib bo‘yicha jihozlanadi va saqlanadi.
Gomeopatiya qattiq dori turlarini saqlanishi
Gomeopatiya trituratsiyalari og‘zi zich berkitilgan shisha idishda, quruq, kerak bo‘lsa qorong‘i va salqin joyda 5 sutka mobaynida saqlanadi. Bemorga berib yuborilishdan oldin yaxshilab hovonchada aralashtiriladi, biroq silkitilmaydi!
Gomeopatiya granulalari va tabletkalari 10-250S haroratda quruq qorong‘i joyda, xususiy MTH keltirilgan tartibda saqlanadi. Saqlash muddati 2 yil. Gomeopatiya dori vositalarini potensiyasi uzoq vaqt saqlanib qolishi uchun elektr-magnit maydonidan uzoq bo‘lgan joyda saqlash tavsiya etiladi.
Gomeopatiya qattiq dori turlarini ishlatilishi
Gomeopatiya qattiq dori turlari aksariyat hollarda til ostiga (sublingval) qabul qilinadi. Dorilarni qabul qilish tartibini shifokor belgilaydi. Til ostiga qabul qilingan dori vositalar mahalliy va umumiy ta’sir etadi: og‘iz shilliq qavati orqali dori modda tez so‘riladi; oshqozon-ichak va jigar to‘siqlaridan xalos bo‘ladi va tez umumiy qon aylanish tizimiga qo‘shilib ketadi.
Odatda til ostiga kuchli ta’sirga ega bo‘lgan va kichik dozadagi dorilar beriladi.
|