Gomeopatik granulalar va tabletkalar texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet53/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   517
Gomeopatik granulalar va tabletkalar texnologiyasi

Gomeopatiya granulalari bu – ichish uchun mo‘ljallangan qattiq dozalarga bo‘lingan dori turi. Gomeopatiya granulalari turli gomeopatiya dori moddalari eritmalarini yoki ularning aralashmalarini tayyor qand granulalarga shimdirish (to‘yintirish) usuli bilan olinadi. Demak, gomeopatiya granulalari texnologiyasi dori moddani suvli yoki spirtli eritmalaridan qand granulalarini adsorbsiya qilishga asoslangan bo‘ladi. V.Shvabe qo‘llanmasida keltirilishi bo‘yicha qand granulalari toza, oliy navli shakarqamish shakaridan tayyorlanadi. Ular tozalangan suvda hech qanday qoldiqsiz erib ketishi kerak. Granulalar obakilash usulida konditer fabrikalarida yoki farmatsevtik zavodlarda olinadi. Granulalarni gomeopatik suyultirilgan eritmalar (dilyusiyalar) bilan bir hil to‘yintirish uchun ular ma’lum kattalikda bo‘lishi kerak. Shuning uchun qand granulalari kata-kichikligi bo‘yicha saralanadilar. Qand granulalari massasi va diametrini o‘lchami bo‘yicha 2-jadvalda keltirilgan nomerlaga tasniflanadilar.

2-jadval


To‘yintirish uchun mo‘ljallangan birlamchi granulalarni tasnifi

Granulalar



1,0 grammdagi granulalar soni

Granulalarni hisoblash uchun olinadigan tortma massasi, g

1- ta granula massasi, g

Granulalarni o‘rtacha diametri, mm

1

2

3



4

5

6



7

8

9



10

470-530

220-280


110-130

70-90


40-50

22-28


10

5

3



2

0,1

0,2


0,4

0,6


1

2

5



10

15

25



0,002

0,004


0,0083

0,0125


0,022

0,04


0,1

0,2


0,33

0,5


1,4

1,7


2,2

2,5


3,0

3,7


5,0

6,3


7,4

8,5

Granulalarni nomerini aniqlash uchun granulalar ma’lum teshik diametriga ega elakdan o‘tkaziladi yoki har bir nomerga tegishli granulalar o‘rtacha og‘irligi jadvalda keltirilgan miqdor bo‘yicha (masalan, 1 grammdan) tortib olinadi va granulalarni soni sanab chiqiladi.Granulalar raqam bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Ko‘pincha 4-va 5- raqamdagi granulalar ishlatiladi.


Download 6,71 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gomeopatik granulalar va tabletkalar texnologiyasi

Download 6,71 Mb.