|
Dasturning informatsion uslubiy ta’minoti
|
bet | 12/125 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #106152 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeDasturning informatsion uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutilgan:
- Magistraturatalabalariga “Dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari” fanini o‘qitishda kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, bilim saviyasini oshirish va shu orqali Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga javob beradigan ilmiy salohiyatli yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayonini amalga oshirish davr talabidir. Ma’ruzalarni videoproektordan foydalanib, taqdimot ko‘rinishida o‘qish, internet ma’lumotlaridan samarali foydalanish, shuningdek talabalarni darsliklarning va uslubiy qo‘llanmalarning elektron versiyalaridan foydalanish uchun sharoitlar yaratilgan. O‘qitish jarayonda o‘quv dasturlarini kompyuter orqali o‘qitishni joriy etilgan. Talabalar bilimini nazorat qilishda kompyuterlar keng tatbiq qilingan. Masalan, iSpring QuizMaker dasturiga kiritilgan test nazorat savollari yordamida joriy va oraliq nazoratlar o‘tkaziladi.
Shuningdek barcha amaliy mashg‘ulotlar qator zamonaviy pedagogik texnologiyalardan (aqliy xujum, klaster, loyixa, bumerang, FSMU, muammoli vaziyat va boshq.) foydalaniladi.
“Dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
Baxolash mezonlari
“Dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari” fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, vaziyatli masalalarni yochish, rejalashtirilgan amaliy topshiriqlarni bajarilishini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkaziladi;
|
| |