• Vaziyatli masalalar
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet236/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    13-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
    MAVZU: Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi
    Mavzuni ahamiyati: Zamonaviy veterinariya dorilar nomenklaturasi, ularni dorixatda berish usullai bilan tanishish, mustaqil veterinariya amaliyotida ishlatiladigan qattiq, suyuq va yumshoq dori turlarini tayorlash va sifatini baholashni o’rgatish.
    Vaziyatli masalalar:
    Talaba keltirilgan retseptlarda hayvonlar uchun mo’ljallangan dorilar dozasini to’g’ri hisoblashi lozim edi. Hosob-kitobdan keyin talaba dozalar to’g’ri hisoblangan deb javob berdi. 8-ilovaga asoslanib hosob-kitob to’g’riligini tekshiring.
    1. Ot uchun 5 ta poroshok tayorlash lozim: mishyak anangidridi (Arsenii trioxydum) 0,2 g; tozalangan oltigugurt (Sulfur depuratum) 0,3 g. Ichish uchun. Kuniga 1 poroshokdan.
    2. Ot uchun 12 ta poroshok tayorlash lozim: simob monoxlorid (Hydrargyri monochloridum) 0,3 g va qand (Saccharum). Ko’zga puflash uchun.
    3. It uchun 12 ta poroshok tayorlash lozim: kodein fosfat (Codeini phosphas) 0,05 g va natriy gidrokarbonat (Natrii hydrocarbonas) 0,3 g. Ichish uchun. 1 poroshokdan kuniga 3 mahal.
    4. Sigir uchun poroshok: karlovar tuzi (Sal. carolinum factitium) 500,0 g, archa mevasi poroshogi (Fructus Juniperi) 200,0 g. Ichish uchun. 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
    5. It uchun Analgin (Analginum) tabletkasi 0,5 g № 10. Ichish uchun. 1 tabletkadan kuniga 3 mahal.
    6. It uchun tarkibida 0,1 g dan erkak paporotnigi ekstrakti (Ext. Filicis maris)ni saqlovchi 2 kapsula. Ichish uchun. 1 kapsuladan kuniga 3 mahal.
    7. Ot uchun tarkibida 0,2 g dan kaliy permanganat (Kalii permanganatis) saqlovchi 6 bolyus. Ichish uchun. 1 bolyusdan kuniga 3 mahal.
    8. Ot uchun tarkibida 3,0 g dan kaliy yodid (Kalii iodidum) saqlovchi 6 bolyus. Ichish uchun. 1 bolyusdan kuniga 3 mahal.
    9. Cho’chqa uchun tarkibida 4,0 g angishvonagul bargi (Folium Digitalis) poroshogini saqlovchi bo’tqa. Yurak etishmovchiligida bir marta ichish uchun.
    10. Cho’chqa uchun tarkibida 5,0 g eman daraxti po’stlog’i (Cortex Quercus) poroshogi va 2,0 g fenilsalitsilat saqlovchi bo’tqa. Bir marta ichish uchun.
    Taklif etilgan vaziyatli masalalarni «muammoli vaziyat» mеtodi asosida bajarish tavsiya etiladi:
    “Muammoli vaziyat”

    “Muammoli” vaziyat turi

    “Muammoli” vaziyat sabablari

    Vaziyatdan chiqib ketish xarakatlari











    Download 6,71 Mb.
    1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.