• Asosiy matn Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dorilar ta’rifi, tasnifi
  • Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi




    Download 6,71 Mb.
    bet238/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi: VR-1; VR-5; VR-20; VR-100 qo’l torozi va toshlar (DTST 7328-61); VKT-1000 torozi (DTST 7328-61); turli kattalikdagi hovonchalar dastasi bilan; tozalangan suv uchun byurеtka; pipеtkalar, shisha voronka; o’lchov silindirlari; diamеtri 10-15 sm li chinni kosacha; paxta; doka; filtr qog’ozi; pеrgamеnt qog’ozi; mumlangan qog’oz kapsulalari; qo’ng’ir rangli (OS, OS-1 navli) va rangsiz (MTO navli) hajmi 50 va 100 ml li shisha idishlar, ular uchun polietilеn probkalar va burama plastmassa qopqoqlar; ”Ichish uchun”, „Sirtki”, „Kukun dori” dеgan asosiy va „Ad usum veterinarium”, „Salqin joyda saqlansin”, „Yorug’lik tushmaydigan joyda saqlansin”, „Qollashdan oldin chayqatilsin” kabi qo’shimcha yorliqlar va kraxmal shilimshig’i.


    Asosiy matn
    Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dorilar ta’rifi, tasnifi



    Veterinariya lotin tilidan — veterinarius — mol boqish, parvarishlash, hayvonlarni davolash ma’nosini anglatadi



    Veterinar farmatsiya farmatsevtik fanining bir maxsus sohasi bo‘lib, hayvonlarning jismoniy, anotomiya, fiziologiya tuzilishi o‘ziga xos bo‘lishlarini xisobga olgan xolida mustaqil ravishda rivojlangan

    Veterinariyada ishlatiladgan dori turlari maxsus ishlab chiqarish korxonalarda va dorixonalarda, ba’zan tibbiyot dorixonalarida tayyorlanadi.


    Bu dori turlarining retseptlari veterinariya vrachlari va feldsherlari tomonidan yozilib, ular ham tibbiyot retseptlariga qo‘yiladigan talablarga javob berishi kerak. Retseptda kasal bo‘lgan hayvon haqida ma’lumot, turi, laqabi, yoshi bo‘lishi lozim. Veterinariyada ishlatiladigan dori turlari, ularning tarkibidagi dorivor va yordamchi moddalar va tayyorlanishi odatdagi dori turlari texnologiyasidan hech qanday farq qilmaydi. Faqat ba’zi dori turlarining hajmi, miqdori ko‘p bo‘ladi (masalan, bolyuslar 0,5-50,0 g, shamchalar 200,0 g gacha) Qo‘shimcha moddalar sifatida javdar uni va ko‘pincha dorilar ta’mi va xidini yaxshilovchi moddalar qo‘shiladi.
    Veterinariyada qo‘llaniladigan dorilar ko‘proq dozada berilishi va ayrim o‘ziga xos dori turlarga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.
    Masalan, bo‘tqalar, bolyuslar degan dori turlari ishlatiladi. Veterinariyada ishlatiladigan dori turlari quyidagicha tasniflanadi:

    1. Qattiq dori turlari

    2. Yumshoq dori turlari

    3. Suyuq dori turlari.

    Qattiq dori turlariga kukunlar, yig‘malar, tabletkalar, xab dorilar, bolyuslar kiradi. Yumshoq dori turlariga bo‘tqalar, surtmalar, linimentlar kiradi. Suyuq dori turlariga eritmalar, elimshaklar, emulsiyalar va suspenziyalar kiradi.
    Veterinariyada dorilarni ishlatishda o‘ziga xos usuldan foydalaniladi, ya’ni tayyor dorilar hayvonlar yaxshi ko‘radigan ozuqalariga qo‘shib beriladi. Masalan, ot va qoramollar osh tuzini, qo‘y va echkilar achchiq moddalarni, it va cho‘chqalar shirinliklarni, mushuklar valerianani yaxshi ko‘radilar. Odatda cho‘chqalar uchun bo‘tqa eng yaxshi dori turi hisoblanadi.
    Qush va uy hayvonlari (it, mushuk) uchun xab dorilar, otlar uchun bolyuslar qo‘llaniladi.
    Veterinariyada ishlatiladigan dorilar bilan tibbiyotda ishlatiladigan dorilarning umumiy va farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari:
    Umumiyligi:
    -dorivor moddalarning xillari va sifati;
    -dorilar dorixonada tayyorlanishi;
    -yoshi ko‘rsatilib retsept yozilishi va X DF da dozalari ko‘rsatilgani;
    -texnologiyasi;
    -quyidagi dori turlari ishlatilishi: poroshoklar, yig‘malar, suyuqliklar (ichki va tashqi uchun ishlatiladigan), in’eksiya uchun eritmalar, granula, pilyulya, bolyuslar, plastirlar, shamcha va sharchalar, ingalyasiya, surtmalar, yuvish uchun eritmalar va boshqalar.
    -ta’m va xidlarni yaxshilash uchun korrigentlar qo‘llanilishi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi

    Download 6,71 Mb.