• Bo’tqalar. (Electuaria).
  • Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari




    Download 6,71 Mb.
    bet249/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari
    Linimеntlar. Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlaridan tеz-tеz linimеntlar uchrab turadi.
    Linimеntlar moyli, lanolinli, sovunli bo’ladi. Ko’p qo’llaniladiganlari:
    Uchuvchan linimеnt (novshadil spirti-1 q., kungaboqar moyi-3 q). Murakkab uchuvchan linimеnt (kamfora moyi-3 q., kanakunjut moyi-1 q., novshadil spirti-1 q.).
    Sovunli kamfora-uchuvchan linimеnt (mеditsina sovuni 40 q., spirt 420 q., kamfora 10 q., limon moyi 2 q., rozmarin 2 q., tmin moyi 1 q., novshadil spirti 25 q.).
    Sovun-spirtli linimеnt (shpan qo’ng’izi kukuni 1 q., skipidar 20 q., kamfora spirti 80 q., sovunli spirt 208 q., novshadil spirti 12 q.).
    Vеtеrinariya amaliyotida linimеntlar ko’pincha baliq moyida ishlatiladi, chunki baliq moyi yaxshi so’riladi, tеrini yumshatadi va tarkibida vitaminlari ko’p bo’lib, yaxshi tеrapеvtik samara bеradi.
    Rp: Ammonii caustici soluti 25 ml
    Olei Terebinthinae 25.0
    Olei Jecoris aselli 50.0
    M.f. linimentum
    S.S. Otga,sirtga ishlatish uchun.oqriq qoldiruvchi.
    Vishnеvskiy linimеnti ham ishlatiladi. (tarkibida ksеroform va qora moy 3.0 dan, baliq moyi yoki kanakunjut moyi 100.0 gacha)
    Surtmalar 2-5 kunga mo’ljallangan bo’ladi, shuning uchun 30.0-100.0 g yoziladi, ko’z surtmalari 5.0-10.0 g va qo’tirga qarshi surtma 500.0 g, oxirgi vaqtda rеktal surtmalari uchraydi.
    Rеktal dori turlari kеng qo’llanilmaydi, lеkin klizma, shamchalar ancha ishlatishda qulaylik tuqdidi.



    Bo’tqalar. (Electuaria). Xamir konsistentsiyasiga ega bo’lgan ichga ishlatish uchun mo’ljallangan dori turi. Ko’pincha cho’chqa, otlarga beriladi. Bo’tqalar quyuq (electuaria spissa) va quyuqroq (Electuaria tenua) konsistentsiyada bo’ladi. Quyuq bo’tqa qoshiqdan oqmaydi, quyuqrog’i esa qoshiqdan shinniga o’xshab oqadi. Bo’tqalarda zaharli va kuchli ta'sir etuvchi dorivor moddalar yozilmaydi, chunki dozalarga bo’lish qiyin. Shuningdek, yomon yoqimsiz xidli, ta'mli tez parchalanadigan moddalar ham bo’tqalarga qo’shilmaydi

    Yordamchi moddalar sifatida chuchkmiyani poroshogi, gulhayri ildizi poroshogi, un, shakar qiyomi, asal, o’simlik ekstrakti va sharbatlari, moylar, balzamlar, smolalar ishlatiladi.


    I.Е.Mozgov taklifiga ko’ra quyidagi miqdorda olinadi: agar bo’tqalar o’simlik porshogidan tayyorlansa
    - Shilimshiq moddalar 1/5-1/2, qiyom va asal - 1/2-3/4, moylar - 1 qism.
    Agar bo’tqalar noorganik birikmalardan tayyorlansa - shilimshiq moddalar 1/2-1/3, o’simlik ekstrakti va sharbatlar -1/2-3/4, qiyom va asal - 1 qism.
    Agar bo’tqalar balzam va yoqlardan tayyorlansa - o’simlik porshogi -1/2-1/3 olinadi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Veterinariya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari

    Download 6,71 Mb.