|
- dorivor pardalarni biosamaradorligi va ta’sirini davomiyligi
|
bet | 257/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe - dorivor pardalarni biosamaradorligi va ta’sirini davomiyligi; - dorivor moddaning turg‘unligi va dozasini aniqligi;
- dorining ta’sirini tananing kerakli qismiga yo‘naltirilganligi;
- dori moddalarning konsentratsiyasini bir me’yorda ushlab turishini ta’minlashi; - qo‘llash va saqlash jarayonida hamda tashishda qulayligi; - qo‘shimcha reaksiyalarni minimal darajada bo‘lishi;
- ko‘z dori pardalarini sterilligi.
Polimer dorivor pardalarni hosil qilish uchun turli polimerlar qo‘llaniladi. Ulardan tabiiy polimerlar:
kollagen;
jelatin;
alginatlar
yarimsintetik polimerlar:
metilsellyuloza (MS);
natriy-karboksimetilsellyuloza (natriy-KMS);
oksipropilmetilsellyuloza (OPMS)
sintetik polimerlar:
polivinil spirti (PVS);
polivinilpirrolidon (PVP);
poliakrilamid (PAA).
Oxirgi yillarda dermatologiya amaliyotida antibakterial, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi, regeneratsiya jarayonlarini faollashtiruvchi prepa-ratlarni zamonaviy dori shaklida, ya’ni polimer dorivor pardalar sifatida ishlatish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatilmoqda.
Polimer dorivor pardalar tasnifi
1. Polimer dorivor pardalar ta’siri bo‘yicha:
- umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi;
- mahalliy ta’sir ko‘rsatuvchi pardalarga bo‘linadi.
2. Hozirgi vaqtda polimer dorivor pardalar qo‘llanilishi bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi:
- oftalmologik;
- og‘iz bo‘shlig‘iga o‘rnatiladigan;
- dermatologik (teri ustiga);
- rinologik;
Mahalliy ta’sirga ega bo‘lgan polimer dorivor pardalar
Bu turdagi polimer pardalardan eng keng qo‘llaniladiganlari bu ko‘z pardalari. Ular turli ko‘z kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda qator dorivor moddalarning ko‘z pardalari ishlab chiqilgan: apilak, florenal, sulfapiridazin-natriy, dikain, taufon. Ularning katta kichikligi 9 x 4 x 0,3 mm, og‘irligi 10-30 mg atrofida bo‘ladi.
Burun shilliq qavatlaridagi turli patologik jarayonlarni davolashda rinologik polimer pardalar ham keng qo‘llaniladi. Masalan, rinitlarni davolashga mo‘ljallangan, efedrin gidroxlorid, naftizin, dimedrol saqlovchi polimer pardalar yaratilgan.
|
| |