• Polimer pardalarning tashqi ko‘rinishi
  • Polimer dorivor pardalarni sifatini baholash




    Download 6,71 Mb.
    bet259/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Polimer dorivor pardalarni sifatini baholash:
    Tayyorlangan polimer dorivor pardalar quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi:
    - tashqi ko‘rinishi;

    • bir xilligi;

    • pH ko‘rsatkichi;

    • erish vaqti;

    • mexanik zarrachalarni yo‘kligi;

    • o‘rtacha massasi,

    • yuzasi, qalinligi;

    • chinligi va ta’sir etuvchi moddalarni miqdori.

    Polimer pardalarning tashqi ko‘rinishi vizual baholanadi. Bunda PDP ning rangiga, tiniqligiga, o‘lchamiga, bir xilligiga, havo pufakchalari va mexanik aralashmalar bo‘lmasligiga e’tiborni qaratiladi. Adabiyotlarda keltirilgan usullar yordamida PDP rangi va tiniqligi aniqlanadi.
    Og‘irligi. O‘rtacha og‘irligini aniqlashda tortish usulidan foydalaniladi. Har bir tayyorlangan polimer parda tarozida aniq tortiladi.
    pH ko‘rsatkichini aniqlash. Polimer pardaning pH ko‘rsatkichi muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo’lib, uni aniqlash uchun PDPning 1:10 nisbatdagi suvli eritmasida DF XI bo‘yicha potensiometrik usulda aniqlanadi. Masalan, anilokain saqlovchi, og‘irligi 0,5 g bo‘lgan polimer parda namunasi 50 ml xona haroratidagi tozalangan suvda eritildi, aralashtirildi va parda eritmasining pH ko‘rsatkichi potensiometrik usulda aniqlandi. Apilak saqlovchi ko‘z dori pardasining pH ko‘rsatkichini aniqlash uchun esa 5 ta polimer parda 10 ml tozalangan suvda eritiladi va uni pH ko‘rsatkichi potensiometrik usulda aniqlanadi. Eritmaning pH ko‘rsatkich 4,5 – 5,5 ga teng bo‘lishi aniqlandi.
    Alxidin saqlovchi stomatologik 2 ta parda 20 ml distillangan suvda eritiladi va eritmaning pH 5,5 – 7,5 ga teng ekanligi aniqlandi.
    Metronidazol PDP ni pH ko‘rsatgichini aniqlash uchun PDP yarmini kolbaga solib 50 ml tozalangan suvda 370 S da eritiladi. So‘ng filtr qog‘oz orqali filtrlandi. Filtrat pH ko‘rsatkichi pontensiometrik yoki lakmus іndikator qog‘ozi yordamida aniqlanadi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Polimer dorivor pardalarni sifatini baholash

    Download 6,71 Mb.