• 2-rasm. Spansulalarni ko‘rinishi
  • 3-rasm. Spansulalarda dori moddaning ta’sirini uzaytirilish prinsipi
  • 4-rasm. Mikrodrajelarni olish sxemasi
  • Peroral ta’siri uzaytirilgan dori turlari




    Download 6,71 Mb.
    bet267/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Peroral ta’siri uzaytirilgan dori turlari
    Ta’siri uzaytirilgan peroral dorilar davomli dorilarning asosiy qismini tashkil etadi.
    Spansula dori turi. Spansulalar deb qopqoqli qattiq jelatinli kapsulani ichini dori moddaning mayda mikrokapsula yoki mikrodrajesi bilan to‘lg‘azilgan dori turiga aytiladi.
    Spansulalardagi dori moddaning ta’sir muddati uzaytirilishi, jela-tinli kapsulani ichiga, qobig‘i har xil qalinlikda bo‘lgan, dori moddaning mikrokapsulalarini joylashtirish hisobiga ta’minlanadi. Spansulalar-ning tashqi ko‘rinishi va ularda dori moddalarni ta’siri uzaytirilish prinsipi 2- va 3-rasmlarda ifodalangan.


    2-rasm. Spansulalarni ko‘rinishi
    Demak, spansulalar - bu mikrokapsula yoki mikrodrajelardan tashkil topgan qattiq jelatinli kapsula. Mikrokapsulalar har xil qalinlikga ega bo‘lgan qobiq bilan qoplanganligi uchun, ular bir vaqtda erimayda va ulardan dori modda uzluksiz ravishda, qobiqlarni ketma ket erishi hisobiga, uning qondagi terapevtik konsentratsiyasi ta’minlanadi (3-rasm).
    Spansulalarda ko‘pincha 3-4 turdagi mikrokapsulalar birlashtiriladi. Mikrokapsulalarning diametri 30-50 mkm atrofida bo‘ladi.




    3-rasm. Spansulalarda dori moddaning ta’sirini uzaytirilish
    prinsipi

    Spansulalarning ichiga faqat mikrokapsulalar emas, balki mikrodrajelar ham joylashgan bo‘lishi mumkin. Spansulada 50 tadan to 400 tagacha mikrodrajelar bo‘ladi, ularning bir qismi qoplanmagan bo‘lsa, qolgan qismi bir yoki ikki marta yog‘li moddalar bilan turli qalinlikda qoplangan bo‘ladi.







    4-rasm. Mikrodrajelarni olish sxemasi

    Mirodrajelar to‘ldirilgan spansula texnologiyasi: qand kristallariga obakilash qozonida dori modda qoplanadi, bunda bog‘lovchi modda sifatida qand qiyomi ishlatiladi. Olingan mikrodrajelarning bir qismini dori moddaning birlamchi dozasini (1) hosil qilishda, qolganlarini turli qalinlikdagi bir va ikki marta qobiq (masalan, glitserilmonostearat va asalari mumi aralashmasi) bilan qoplanib, ikkilamchi va uchlamchi dozalarni (2 va 3) hosil qiladilar. Ko‘pincha qobiqning qalin-yupqaligiga qarab qobiqlangan mikrodrajelar turli rangga bo‘yaladi. Bu turli dozalarni oson ajratish uchun qilinadi. So‘ng qobiqlanmagan va turli qalinlikda qobiqlangan mikrodrajelar ma’lum nisbatda aralashtiriladi va jelatina kapsulaga solinadilar. Bir kapsulada turli vaqtda eriydigan bir dozani tashkil etuvchi dori preparat mujassamlangan bo‘ladi. Jelatina kapsula oshqozon shirasida eriydi va dori preparatning qobiqlanmagan qismi so‘rilib, ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Natijada organizmda dori preparatning dastlabki konsentratsiyasi hosil bo‘ladi. So‘ng bir qavat qobiq bilan qoplangan mikrodrajelar erib, so‘riladi. Ohirida ikki qavat bilan qoplangan mikrodrajelar eriydilar va ta’sir ko‘rsatadilar (4-rasm).






    Download 6,71 Mb.
    1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Peroral ta’siri uzaytirilgan dori turlari

    Download 6,71 Mb.