|
Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**
|
bet | 266/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeMustaqil tayyorlash uchun savollar:**
1. Terapevtik dori sistemalari, ularning ta’rifi, tasnifi
2. Terapevtik dori sistemalarda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar
3. Transdermal terapevtik sistemalar (TTS)larning tasnifi, tuzilishi
4. TTS larning nomenklaturasi
5. Peroral “Oros” sistemasini tuzilishi, ta’sir etish mexanizmi
6. Boshqa turdagi terapevtik sistemalar
7. Ta’siri uzaytirilgan dori turlarini yaratish zaruriyati.
8. Peroral ta’siri uzaytirilgan dori turlari ta’rifi, tasnifi.
9. Spansulalar ta’rifi, ta’sir etish mexanіzmi
10. Strukturali tabletkalar tasnifi, ularni afzallik tomonlari.
11. Retard va durula turdagi tabletkalarning ta’sir etish mexanizmi.
12. Lontab va dupleks turdagi tabletkalar tuzilishi.
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muhokamasini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Aqliy hujum” usulidan foydalanib o‘tkaziladi.
Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi: VR-1; VR-5; VR-20; VR-100 qo’l torozi va toshlar (DTST 7328-61); VKT-1000 torozi (DTST 7328-61); petri idishi, tozalangan suv uchun byuretka; pipetkalar, shisha voronka; o’lchov silindirlari; diametri 10-15 sm li chinni kosacha; paxta; doka; filtr qog’ozi; Sirtki”, degan asosiy va „Salqin joyda saqlansin”, „Yorug’lik tushmaydigan joyda saqlansin”, kabi qo’shimcha yorliqlar.
Asosiy matn
Dori turlaridagi dorivor moddalarning ta’sir etish vaqtini uzaytirish masalasi katta amaliy ahamiyatga ega, ayniqsa ximioterapiya sohasida.
Ximioterapiyaning samaradorligi dorivor moddani qonda doimo tera-pevtik konsentratsiyasi ta’minlanishiga bog‘liq bo‘ladi va shunga erishish uchun ma’lum vaqt o‘tgach (sutkada davomida bir necha marta) dorivor modda qayta qayta iste’mol qilinish lozim.
Bu esa har hil noqulaychiliklar tug‘diradi: yordamchi moddalarni tanaga kiritilishi, ko‘p miqdorda preparatlarni sarflanishi, qondagi ta’sir etuv-chi moddani konsentratsiyasi bir me’yorda bo‘lmasligi.
Hozirda ishlatiladigan ko‘p dorilarning kamchiligi ta’sir qiluvchi moddaning miqdori tanada uzoq vaqt saqlanmasligida.
Davolovchi konsentratsiyani bir me’yorda bo‘lmasligi dorining terapevtik samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sil, lepra, qator bakterial va virus kasalliklarni muvaffaqiyatli davolashni faqat dori moddaning qonda terapevtik konsentratsiyasi uzoq vaqt saqlanib turgandagina amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ta’sir muddati uzaytirilgan dori turlari ishlab chiqish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir.
Farmakokinetik ta’siri oldindan belgilangan dorilarni yaratishda, ayniqsa ta’siri uzaytirilgan dorilarni, turli texnologik usullar, maxsus yordamchi moddalar qo‘llash va dori turlarini strukturasini o‘zgartirish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
|
| |