• 9-rasm. Lontab turdagi tabletkalar tuzilishi
  • 10-rasm. Dupleks turdagi tabletkalar tuzilishi
  • Transdermal terapevtik sistemalar
  • TTS modellari
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet270/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Lontab turdagi tabletkalar. Bu kompleksli tabletkalar bo‘lib, qobiq va yadrodan iborat. Tashqi qobiqda ta’sir etuvchi moddaning birlamchi miqdori saqlanib, tabletka qabul qilingandan so‘ng bir necha daqiqada oshqozonda eriydi va tanada dori moddaning davolovchi konsentratsiyasini hosil qiladi.
    Tabletkaning yadrosi esa durula turida, ya’ni karkaslidir, va dori moddaning keyingi 2-chi va 3-chi dozalarni saqlaydi. Lontab turidagi tabletkalarning tuzilishi 9-rasmda keltirilgan.

    9-rasm. Lontab turdagi tabletkalar tuzilishi
    1-ta’sir etuvchi moddaning dastlabki miqdorini saqlovchi qobiq;
    2-tabletkaning yadrosi, dorivor moddaning 2 va 3 dozalarni saqlaydi
    Dupleks turdagi tabletkalar. Bu tabletkalarni takroriy yoki ketma-ketlik bilan ta’sir qiladigan dori turlari guruhiga kiritish mumkin.
    Bunday tabletkalar dorivor moddaning ikkita dazasini o‘zida saqlaydi va ular bir biridan o‘zaro himoya qobiq bilan bo‘lingan bo‘ladi. Dupleks turdagi tabletkalar tuzilishi 10-rasmda keltirilgan.

    10-rasm. Dupleks turdagi tabletkalar tuzilishi
    1- sirtki qobiq (ko‘pincha shakarli); 2-dorivor moddani dastlabki dozasini saqlovchi , oshqozonda eriydigan qatlam; 3-himoyalovchi
    (enterosolyubil qobiq); 4-ta’sir etuvchi moddaning ikkinchi dozasini saqlovchi tabletkaning yadrosi, ichakda eriydi

    Dupleks turdagi tabletkalar qobiq va yadrodan iborat va ta’sir etuvchi moddaning dastlabki dozasi qobiqda joylashgan bo‘lib, u oshqozonda eriydi. Keyingi qavat (enterosolyubil) himoyalovchi, yadroni oshqozonda erimasligi ta’minlaydi. Tabletkaning yadrosi dorivor moddaning ikkinchi dozasini saqlaydi va ichak yo‘lida eriydi. Misol sifatida Gastripon dupleks preparatini keltirish mumkin.


    Transdermal terapevtik sistemalar
    Ma’lumki, dori modda teri orqali yuborilib sistemalik davolash usullari bor, ular plastirga o‘xshash transdermal terapevtik sistemalar (TTS) amalga oshiriladi.
    TTS - terapevtik sistemalarning bir turi bo‘lib, ta’sir etuvchi moddaning oldindan organizmda belgilangan tezlikda so‘rilishini ta’minlovchi dori turi va ma’lum an’anaviy dorilar (tabletkalar) dan farq qiladi.
    Agar tinktura qabul qilinsa dori moddaninng konsentratsiyasi qonda bir baland bir past bo‘lib, bemorning holiga befarq emas.
    TTS orqali bir tekis tezlikda muntazam ravishda dori moddani so‘rilishini ta’minlash mumkin. TTS - bu diffuzion transdermal (teri orqali) terapevtik sistema bo‘lib, vaqti, tezligi, yuboriladigan joyini oldindan belgilash mumkin. Ikkinchi tomondan, teri orqali yuborilgani uchun oshqozon ichakdan dori modda o‘tmaydi, demak parchalanmaydi. Shu bilan birga, in’eksiya dorini kamchiliklari ham bu erda yuq.
    TTS dorilarini ishlatilishi 1975 yildan boshlangan va yuqorida aytilgan kamchiliklar bartaraf qilingan.
    TTS larni asosiy qismi rezervuar yoki dori modda saqlovchi matritsa. Asosan TTS lar bir necha qavatlardan iborat bo‘ladi.


    TTS modellari
    Eng sodda TTSlar quyidagi komponentlardan iborat bo‘ladi.
    Asosiy membrana, atrof muxitiga dorini ajratadi va tashqaridan namlikni o‘tkazadi.
    • Preparatni erishi, ajralishi va saqlanishi uchun dorivor rezervuar.
    • Dorini optimal ajralish tezligini ta’minlovchi membrana.
    • Elim, bosilganda yopishuvchi, teriga bog‘laydi.
    • Tizimni saqlash uchun himoya pardasi.




    Download 6,71 Mb.
    1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.