-rasm. Membranali terapevtik sistemalardan dori moddalarni ajralib chiqishi




Download 6,71 Mb.
bet273/316
Sana16.01.2024
Hajmi6,71 Mb.
#138330
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   316
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

15-rasm. Membranali terapevtik sistemalardan dori moddalarni ajralib chiqishi
a - transdermal terapevtik sistemadan; b – implantatsiya qilingan terapevtik sistemalardan.
Hozirda ishlab chiqariladigan TTS larning ayrim vakillari 1-, 2- va 3-ilovalarda keltirilgan.
Peroral va boshqa turdagi terapevtik sistemalar

Dori moddalarning dori turidan ajrab chiqish tezligini boshqaruvchi dorilar hozirgi vaqtda terapevtik sistemalar peroral, transdermal va boshqalarga bo‘linadi.


Peroral terapevtik sistemalardan "Oros"sistemalari keng tarqalgan. Ularda dori moddaning chiqishi osmotik bosim ta’siriga asoslanib boshqariladi. "Oros" sistemasi - bu g‘ovak ustidan qobiq bilan o‘ralgan tabletkadir. Tuzilishi bo‘yicha yadro va teshigi bor yarim o‘tkazgich membranadan iborat. Shu membranadan suv o‘tib, tabletkaning yadrosidagi dori moddalarni eritadi. Membrana ichida eritma to‘yinib osmotik bosim ostida membrana teshigidan chiqadi.
Shu sistemalarni yaratishda qaysi polimerni tanlab olish muhim masala, chunki u faqat dori moddalarning chiqish tezligini boshqarib qolmay, balki erituvchini hajmini bir xil ushlab turishi lozim.
Membranaga qo‘yilgan talablar: mexanik chidamli, pishiq, yorilmagan bo‘lishi, oshqozon shirasiga nisbatan turg‘un bo‘lishi.
Membranani hosil qilish uchun, ko‘pincha, atsetat sellyuloza ishlatiladi va har-xil plastifikator, ya’ni yumshatadigan PEG, jelatin, kraxmal qo‘shiladi. Membrana teshigi kattaligi 250-300 mkm bo‘lib, uni lazer nurlari ta’sirida kuydirilib yoki membrana materiali uchirib olinadi, teshikcha yadrosiga tegilmaydi.
Misol qilib 85 mg indometatsin saqlovchi oros sistemasini keltirish mumkin. Sistemadan indometatsinni chiqish tezligi 10 mg/soatiga. Qon zardobida preparatning 18 soat davomida bir xil konsentratsiya saqlanadi. Klinikada qo‘llash natijasi bo‘yicha, osteoartrit va revmatoid artritlarda sistemani samaradorligi yuqori bo‘lishi va noxush qo‘shimcha ta’siri juda kam bo‘lganligi ko‘rsatilgan, xususan, markaziy asab tizimi va oshqozon ichak tarmog‘i orqali namoyon bo‘ladigan indometatsinni zarar ta’siri kamaygani ma’lum bo‘lgan.
Dori moddaning bo‘kmagan polimerlardan chiqishi kam, lekin bo‘kkan bo‘lsa ajralishi yuqori va polimerning bo‘kish tezligiga, tanada implantatsiya qilingan preparatning sistemadan so‘rilib chiqish kinetikasiga bog‘liq. Lekin bu kinetikani boshqarish murakkab. Misol uchun polimer setkaga suvni shimilishini ko‘z oldingizga keltiring. Tashqaridan boshqaruvchi MTS dir. YAna shunday tashqaridan boshqaruvchi kuchli MTS-bu osmotik mininasoslar. Ular quyidagilardan iborat:
1. Polimer rezervuar
2. Osmotik agent-natriy xlorid
Suv asta sekin natriy xloridni eritib rezervuar ichiga kirib dori moddani eritadi va osmotik bosim yonidagi rezervuar ichidagi eritma qattiq kuch bilan teshik orqali chiqadi. Teshik lazer yordamida teshilgan. Dori moddaning chiqishi bir xil bo‘lib, bunday mikroosmotik nasosli TTS ni peroral qabul qilinadi. Oros sistemalarni tuzilishi 16- va 17-rasmlarda keltirilgan.


Download 6,71 Mb.
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   316




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Membranali terapevtik sistemalardan dori moddalarni ajralib chiqishi

Download 6,71 Mb.