|
KEYS “Tarkibida metiluratsil saqlovchi dermatologik pardalarni texnologiyasiga oid”
|
bet | 276/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeKEYS “Tarkibida metiluratsil saqlovchi dermatologik pardalarni texnologiyasiga oid”
Bemorning terisidagi qiyin bituvchi yarani samarali davolash (regeneratsiya va epitelizatsiya jarayonlarni tezlatish) maqsadida shifokor -dermatolog bemorga metiluratsilni xozirda zamonaviy dori turi- polimer dorivor pardalar shaklida qo‘llashni tavsiya etdi.
Shifokor ko‘rsatmasiga binoan, farmatsevt quyidagi keltirilgan tarkibli polimer massadan 10-ta metiluratsil saqlovchi polimer pardalarni tayyorlab berish kerak edi:
Metiluratsil - 0,4
Parda xosil qiluvchi polimer -metilsellyuloza (MS)–– 2,8
Plastifikator 1,0
Tozalangan suv - 100 g gacha
Shifokor tomonidan plastifikator sifatida olinadigan yordamchi modda ko‘rsatilmaganligi sababli farmatsevt adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarni o‘rganib, dermatologik polimer pardalarda asosan glitserin plastifikator sifatida ishlatib kelinganligini aniqladi.
Polimer pardalarni tayyorlash jarayonini olib borishda farmatsevt MS polimerini tortib ( chinni kosachaga) unga tozalangan suvning tarkibda keltirilgan ½ qismini quyib, suv xammomiga isitish uchun joylashtirdi. Qolgan suvga metiluratsilni qo‘shib aralashtirdi. Hosil bo‘lgan polimer eritmasiga metiluratsil eritmasini va glitserinni qo‘shdi va 3MM magnit aralashtirgich yordamida massani aralashtirdi.
Tayyorlangan polimer massani 10 g dan koliplarga quydi va 30-33 0 S xaroratda quritdi.
Qurigan polimer pardalarni sifatini baxolash jarayonida ularning yuzasi birxil emasligi va ayrimlarida esa mayda ko‘zga ko‘rinadigan oq zarrachalar paydo bo‘lgani kuzatildi.
Keys (muammo)ni echish yuzasidan topshiriqlar:
-yuqorida sodir bo‘lgan xolatning sabablarini tushuntirib bering;
- xosil bo‘lgan pardalar sifatli yoki sifatsiz ekanligi bo‘yicha o‘z xulosangizni bering;
- muammoni bartaraf etish yo‘llarini taklif eting (polimer pardalarning mo‘‘tadil texnologiyasini).
Keysni echish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar
1. Keys (muammo) bilan tanishing.
2. Muammoning dolzarbligini baholang va dalillar yordamida izohlang.
3. Keys (muammo)ni samarali echish yo‘llarini aniqlang.
4. Keys (muammo)ning samarali echimini belgilovchi metod va texnologiyalarni tanlang.
5. Keys (muammo)ning samarali echimini kafolatlovchi faraz (ilmiy faraz)larni shaklantiring
|
| |