• Vazifa. pH ko‘rsatkichi. 5 ml yuqoridagi eritma suziladi va pH ko‘rsatkichi aniqlanadi. Vazifa.
  • Vazifa. Spansula, strukturali tabletkalar, TTS larning kolleksiyasini ko‘rib chiqish; Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish
  • Mustaqil tayyorlanish uchun vazifalar




    Download 6,71 Mb.
    bet275/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Mustaqil tayyorlanish uchun vazifalar:




    1.Vazifa. Pedagogik texnologiyaning “klaster”, “yelpig‘ich” usullaridan foydalanib «Dorivor polimer pardalar» bog‘lamini yarating.

    1. Vazifa.

    Etakridin laktat va furatsilin dorivor pardalarni sifatini baholaydi:
    a) tashqi ko‘rinishi. Vizual tekshiriladi
    b) bir xilligi
    v) og‘irligi

    1. Vazifa.'>Vazifa.

    Erish vaqti. 50 ml 37°Sli suvda daqiqasiga 1-2 marta chayqatib turilganda pardaning erish vaqti 300 soniyadan oshmasligi lozim.

    1. Vazifa.

    pH ko‘rsatkichi. 5 ml yuqoridagi eritma suziladi va pH ko‘rsatkichi aniqlanadi.

    1. Vazifa.

    Spansula, strukturali tabletkalar, TTSlarning tuzilishini, tayyorlash bosqichlarini daftarda tasvirlash;

    1. Vazifa.

    Spansula, strukturali tabletkalar, TTS larning kolleksiyasini ko‘rib chiqish;


    Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish:
    POLIMER DORIVOR PARDALAR TAYYORLASH ASOSLARI” MAVZUSI BO‘YICHA KEYS ( muammoli vaziyat)5
    Metiluratsil saqlovchi polimer pardalar texnologiyasi

    • Keys bo‘yicha pedagogik annotatsiya.

    O‘quv predmeti va mavzu: Taqdim etilgan keys 5 kurs talabalariga (farmatsiya yo‘nalishi) “Maxsus dori turlari texnologiyasi” fanining “Polimer dorivor pardalar tayyorlash asoslari” laboratoriya mashg‘uloti uchun tuzilgan.
    Keysning ahamiyati (dolzarbligi, maqsadi, o‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalar): Bugungi kunda qo‘llanilayotgan zamonaviy dori vositalari ishlatishga qulay, ta’siri samarali va albatta bemor uchun bezarar bo‘lishi talab etiladi. Bu borada dorivor polimer pardalarni qo‘llash afzalliklari qator ilmiy izlanishlar natijalari tasdiqlamoqda. SHundan kelib chiqib polimer dermatologik pardalarni texnologik asoslarini chuqur egallash maqsadga muvofiqdir.Taqdim etilgan keys talabalarga polimer pardalarni tayyorlash bosqichlarini amalga oshirishdagi muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida bilimlarni faol o‘zlashtirishlari uchun imkoniyat yaratadi.

    1. Keys muvaffaqiyatini ta’minlovchi bilim va ko‘nikmalar:

    Keysdagi muammoli vaziyatni xal qilish uchun talaba polimer pardalarni ta’rifi, ularning texnologiyasida qo‘llaniladigan yordamchi moddalar - polimer va plastifikatorning nomenklaturasini; aloxida polimerlardan eritma tayyorlashning o‘ziga xos tomonlarini, pardalar tarkibiga kiritiladigan dorivor moddalarni eruvchanligi va eritish sharoitlarini bilishi kerak;
    Talaba polimer pardalarni asosiy texnologik jarayonlarini to‘g‘ri amalga oshira olishi kerak;
    Talaba polimer pardalarni texnologiyasida qo‘llaniladigan polimerlardan eritmalar tayyorlash va kerakli bo‘lgan asboblarni ishlatish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
    Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:*

    1. Nazarova Z.A., Tureeva G.M. Maxsus dori turlari texnologiyasi . Toshkent 2009y.- 163 b

    2. Karieva YO.S.,G.M.Tureeva,N.S.Fayzullaeva, N.X.Aripova.Zamonaviy dorilar texnologiyasi.O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2017- 180 b.

    3. Nazarova Z.A. va boshq. YAngi avlod dorilar texnologiyasi fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma.-Toshken 2014y.-56 b.

    4. Саримсаков А.А., Ли Ю.Б., Рашидова С.Ш. Биоразлагаемые полимерные плёнки-матрица для биологически активных соединений. Т.: «Фан ва технология», 2015- 148с

    5. Лосенкова С.О., Крикова А.В. Лекарственные плёнки // учебно-методическое пособие. Смоленск, 2007.- 36с

    *Tarqatma material sifatida ushbu adabiyotlardan tegishli boblari talabalarga taqdim etiladi.
    Echiladigan topshiriqli keys talaba faoliyatini tahlil qilish va baholash imkoniyatini beruvchi va muammoning echimi va qarorlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan keyslarga mansub
    Kirish
    Keysda echiladigan topshiriqlar:
    - sodir bo‘lgan muammo sababini tushuntirib berish;
    - xosil bo‘lgan dori vositani sifatli yoki sifatsiz ekanligi bo‘yicha
    xulosa berish;
    - muammoni bartaraf etish yo‘llarini taklif etish.

    Keys (muammo)ning bayoni



    Download 6,71 Mb.
    1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil tayyorlanish uchun vazifalar

    Download 6,71 Mb.