|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 283/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeFoydalanilgan adabiyotlar.
1. Nazarova Z.A., Tureeva G.M. Maxsus dori turlari texnologiyasi.- Toshkent, 2009.- 163 b.
2. Nazirov Z.N. Gomeopatiya.-Toshkent, 2001.- 120 b.
3. Miralimov M.M. Farmatsevtik texnologiya asoslari. - Toshkent: “Fan” nashriyoti, 2007. - 343 b.
4, Технология лекарственных форм. Кондратьева Т.С. taxriri ostida.- Moskva, 1991.- 434 b.
5. Назарова З.А., Туреева Г.М. Технология лекарств нового поколения. – Тексты лекций. – Ташкент, 2000. – 220 с.
6. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida Farmatsiya faoliyati haqida. - II kitob. – Toshkent, 2001. - 312 b.
7. Tиxoнov A.И., Ярных T.Г. Технология лекарств. – Xaрков, 2002.-704 с.
8. Чуешов В.И. Промышленная технология лекарств. – Xaрков, 2002.-761 с.
17-laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini in vitro usulida aniqlash
Mavzuni ahamiyati: Yumshoq dori turlaridan ta’sir etuvchi moddalarning biologik so‘rilish darajasini in vitro tajribalari yordamida aniqlash usullarini o‘zlashtirish. Yumshoq dori turlaridan ta’sir etuvchi moddalarning biologik so‘rilish darajasini in vitro tajribalari yordamida aniqlash usullarini moxiyatini tushuntirish.
Vaziyatli masalalar:
Lassar pastasini tayyorlashda farmatsevt xavonchada salitsil kislotani, rux oksidini va kraxmalni maydaladi, vazelin qo‘shib, yaxshilab aralashtirdi. Farmatsevtning xatosini ko‘rsating va to‘g‘ri variantni keltiring
Farmatsevt shamchalarni juvalash usulida tayyorlashda kakao moyini eritdi va dori moddasini kiritib, shamcha massasini kerakli konsistensiyagacha sovutdi va shamchani juvaladi. Farmatsevtning shamcha tayyorlashdagi xatosini ko‘rsating va bunda shamcha samarasiga ta’sir etuvchi farmatsevtik omilni aniqlang
Farmatsevt 10%li streptotsiya surtmasini vazelin asosida tayyorladi. U streptotsidni surtma asosi bilan maydalab aralashtirdi. Farmatsevt xatosini keltiring va streptotsid ajralish tezligiga ta’sirini ko‘rsating
Vrach bemorga qo‘tirni davolash uchun 33%li oltingugurt surtmasini yozdi. Farmatsevt surtmani vazelin asosida tayyorladi. Uning xatosini ko‘rsating
Bemor bexush xolatda. Vrach unga antibiotik buyurdi. Qo‘llash uchun eng to‘g‘ri dori shaklini tanlang
Ona 1 yoshli bolasi bilan pediatrga murojaat qildi. Shu yoshdagi bola uchun to‘g‘ri keladigan va qulay dori shaklini tanlang
Dori shakllari orasidan dori moddasini ajralish tezligi bo‘yicha ketma-ketligini aniqlang: kukun, mikstura, shamcha, in’eksion eritma, suspenziya
Terapevtik samaradorlik tezligini pasayishi tartibida, quyidagi kiritish yo‘llarini joylashtiring: rektal, arteriya ichiga, vena orasiga, ingalyasion, oral
Quyida keltirilgan preparatlardan suvda yaxshi eriydiganlarini tanlang: norsulfazol, norsulfazol-natriy, etazol, etazol-natriy, sulfapiridazin, sulfapiridazin-natriy, streptotsid, eruvchan streptotsid, eritromitsin, eritromitsin fosfat, barbital, barbital-natriy.
Glyukoza eritmasi sterilizatsiyadan so‘ng rangsizligini sariq rangga o‘zgartirdi. Sababini keltiring
|
| |