• Shamchalarning biosamaradorligini aniqlash
  • Surtmalarning biosamaradorligini in vitro usulida aniqlash




    Download 6,71 Mb.
    bet291/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Surtmalarning biosamaradorligini in vitro usulida aniqlash
    Bu surtmalarning asosiy, uning terapevtik faolligini ifodalovchi, ko‘rsatkich hisoblanadi. In vitro usulida surtmalardan ta’sir etuvchi moddalarni ajralib chiqish tezligi baxolanadi.
    1-usul: agar-agarga to‘g‘ri diffuziya usuli. Agar-agarga ta’sir etuvchi moddaga mos keluvchi reaktiv solinadi. Ta’sir etuvchi moddani agar-agarga diffuziya tezligi uning turli xil rangga bo‘yalganligiga qarab o‘lchanadi.
    2-usul: dori moddalarni membranalar orqali o‘tishiga asoslangan (Kruvchinskiy usuli).
    Dorivor moddalarni surtmalardan ajralib chiqish tezligini aniqlash uchun belgilangan vaqt oralig‘ida muhitdan namunalar olinib, maxsus formula orqali dori moddani necha foizi yoki gramm miqdori muhitga o‘tgani aniqlanadi va maxsus chizmalar yoki jadvallar tuziladi.
    Membrana sifatida sellofan plyonkasi qo‘llanilishi mumkin.
    Surtmalarning biosamaradorligini in vivo usulida baxolash in vitro usullari yordamida surtmalarning biosamaradorligini to‘liq baxolanishi imkoniyatini bermaydi.
    Shuning uchun in vivo usullari qo‘llaniladi.
    Ularning bir necha turlari ishlatiladi.
    1. So‘rilgan dori moddalarni miqdorini aniqlash. Odamning yoki hay-vonlarning terisiga belgilangan miqdorda surtma surtiladi va shu joyga bosim (100 mm simob ust.) ta’siri ko‘rsatiladi.
    Teri ostiga so‘rilgan moddalarning miqdori surtma namunalarining qoldig‘i bo‘yicha aniqlanadi (ya’ni teriga surtilgan surtmani namunasini va so‘rilmagan qoldig‘ining ayirmasi bo‘yicha).

    1. Gistologik tekshirishlar bo‘yicha.

    Shamchalarning biosamaradorligini aniqlash
    Shamchalarning biosamaradorligini aniqlashda ham turli usullar qo‘llaniladi. Ulardan asosy ta’sir etuvchi moddalarning membrana orqali diffuziyasiga asoslangan.
    Membrana sifatida sellofan, "SARTORIUS" firmasining membranasi (teri modeli) qo‘llaniladi.
    Aniqlash uchun shamcha maydalaniladi va 3 g dan tortib olinadi va dializ kamerasiga joylashtiriladi. Dializat 370 S haroratda bo‘lishi kerak. Dializat aralashtirib turiladi. Aniqlashni 6 soat davomida olib boriladi.
    Dializatga ajralgan dori moddalar miqdori tegishli fizik-kimyoviy usullar bilan aniqlanadi.
    Mustaqil bajarish uchun vazifalar.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Surtmalarning biosamaradorligini in vitro usulida aniqlash

    Download 6,71 Mb.