|
-rasm. Aylanuvchan aralashtirgich (Rotating paddle) asbobi
|
bet | 290/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe19-rasm. Aylanuvchan aralashtirgich (Rotating paddle) asbobi
A - tashqi ko‘rinishi; B - ishchi qismi
Hozirgi vaqtda biosamaradorlikni o‘rganish tajribalari yana ERVEKA, SARTORIUS asboblaridan ham olib boriladi (AQSh farmakopiyasi bo‘yicha).
Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini aniqlash yo‘llari
Surtmalarning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri bu ularning biosamaradorligidir. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun 2 ta usul ishlatiladi:
in vitro va in vivo.
Surtmalarning biosamarodorligiga bir nechta omillar ta’sir qiladi.
Ularning asosiylari:
A) asoslar - ya’ni tanlangan asosning tabiati, xususiyati. Hozirgi vaqtda asoslarning surtmalarning terapevtik kuchiga ko‘p tomonlama ta’siri tasdiqlangan.
B) dori moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari: ya’ni disperslik, polimorfizm.
V) texnologik usullar.
Misollar:
A) Asoslarning ta’siri.
Qator ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra asos surtmalar biofaolligiga yuqori darajada ta’sir etuvchi omil ekanligi tasdiq-laydi. Asosan emulsion va gidrofil asoslar surtmalardan dori moddalarni so‘rilishini tezlatishi aniqlangan .
Masalan: PGS tarkibli emulsion va bentonit asoslardan oltingugurt, anestezin, furatsillin, etakridin laktatlarning biosamaradorligi yuqori bo‘lishi ko‘rsatildi.
B) Moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlaridan maydalik darajasi va polimorfizm sezilarli darajada surtmalarning biosamaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan: tetratsiklin - 4 ta modifikatsiyada uchraydi, ulardan 1 tasi amorf turi.
V) Texnologik usullar -ya’ni surtma tayyorlash usuli ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, turli xil texnologik usullar (mexanik, ultratovush, UPM- apparati yordamida) qo‘llanilish mumkin.
Albatta surtmaga dori moddalarni qo‘shish tartibi ham ahamiyatga ega.
Masalan, protargol surtmasining biofaolligi uni asosga qo‘shish tartibi (ya’ni texnologiyasi) ga bog‘liq. Agar protargolni asosga kiritishdan oldin eritilmasa, uning terapevtik ta’siri namoyon bo‘lmaydi. SHularni hisobga olgan holda albatta surtmalarning biosamaradorligini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
|
| |