• Dorivor moddalarni biologik ta’sirchanligini in vivo usulida aniqlash
  • 1-rasm. Biologik suyuqlikdagi dorivor modda miqdori bilan uning ta’sir qilish vaqti orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi farmakokinetik egrilik
  • Dorivor moddalarni biologiksamaradorligini in vitro usulida aniqlash




    Download 6,71 Mb.
    bet289/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Dorivor moddalarni biologiksamaradorligini in vitro usulida aniqlash
    in vitro usulida dorivor moddalarni biologik samaradorligini suyuqlikga o‘tish tezligi orqali o‘rganiladi.
    Dori moddani tarkibidagi ta’sir etuvchi moddani suyuqlikka ajralish tezligini o‘rganish. Har qanday dori moddasiga ajralish tezligini o‘rganish lozim.
    Dorivor moddalarni biologik ta’sirchanligini in vivo usulida aniqlash
    in vivo usulida hayvon organizmlarida va to‘qimalarida olib boriladi. It, mushuk, sichqon, kalamushlarda olib boriladi. Hayvon og‘irligiga nisbatan (1kg massa) olib boriladi. Bizning mamlakatimizda biologik samaradorlik faqat hayvonlarda olib boriladi. Odam tanasidan dorivor modda qanday yo‘l bilan chiqib ketsa xuddi shunday yo‘l bilan chiqadigan hayvon tanlab olinadi.
    Masalan, kuchuk, dengiz cho‘chqasi, quen kabi hayvonlarni bir xil og‘irlik va eshiga qarab tanlab olinadi va bir xil sharoitda saqlanadi.
    Hayvonlarga yuboriladigan dori miqdori toksik dozasida 10 dan 20% tashkil qiladi. Tabletka va qattiq dori turlari maydalanib so‘ngra zond erdamida hayvon og‘zidan yuboriladi, quenlarga esa tabletkalar butunligicha beriladi.
    Teri ostiga yuboriladigan hamma aseptik sharoitlar bilan qilinadi. Qon 1 ml atrofida quruq probirkalarga solinadi. Qonning zardobini sentrifugada ajratiladi.
    Ta’sir qiluvchi moddani eki uning parchalanishidan hosil bo‘lgan moddani miqdorini turli-tuman fizik-kimeviy usul bilan aniqlanadi.
    Bu usullar aniq, sezgir va ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
    Biologik samaradorlik farmakopeya usuli bo‘yicha aniqlansa dorining foydalanilishiga qarab tananing turli a’zolarida olib boriladi.
    Biologik samaradorlik xulosalarini jadvalga yig‘ib buning asosida esa grafik tuziladi: biologik suyuqlikdagi dorivor modda miqdori bilan uning ta’sir qilish vaqti orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu grafikni farmakokinetik egrilik deyiladi

    1-rasm. Biologik suyuqlikdagi dorivor modda miqdori bilan uning ta’sir qilish vaqti orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi farmakokinetik egrilik
    Dorining so‘rilish darajasi tekshirilaetgan va standart dori turini taqqoslab aniqlanadi (trapetsiya qonuni). Biologik samaradorlik foizlarda ifodalaniladi.
    Ya’ni tekshirilaetgan dori egriligi ostidagi yuza kattaligi bilan standart dori egriligi ostidagi yuza kattaligining nisbatini % larda ifodalanishidir.
    Masalan: butadion tabletkasi = 75,50 mkg s/ml
    butadion shamchasi = 98,10 mkg s/ml
    Faqat in vivo usuli bilan biologik samaradorlikni aniqlab, dorining sifatiga har doim baxo berish juda noqulay. Noqulay joyi shundaki, bunda iqtisodiy jihatdan qimmat va juda uzoq vaqt sarf bo‘lishidadir.
    Shuning uchun dastlabki sinovlarda oddiy va tez bajariladigan usul - in vitro usulidan foydalaniladi
    Ma’lumki dorining tanada so‘rilishi uning ta’sir qiluvchi moddaning ajralib chiqishiga bog‘liqdir. Shuning uchun ta’sir etuvchi moddaning ajralib chiqishini ko‘rsatuvchi usullarga juda katta ahamiyat beriladi.
    Shunday usullardan biri DF XI nashrining "Test rastvorenie" bo‘limi ostida berilgandir. Bunda erish deganda ta’sir etuvchi moddaning ma’lum sharoitda erib eritmaga o‘tgan miqdori tushuniladi (bu qattiq dori turlari uchun).
    Tabletka sifatini ko‘rsatuvchi usul birinchi bo‘lib AQSh farmakopeyasining XYIII nashrida 1970 yillarda "Erish tezligi" sarlavhasi ostida bosib chiqarilgan.
    Dori so‘rilishiga yuqorida aytilgan farmatsevtik omillar ta’siridan tashqari kasalning ovqatlanishi, tanasining xususiyatlari jinsi, yoshi ham katta ta’sir qiladi. Birinchi o‘rinda kasalning yoshi dorining so‘rilish tezligiga, tarqalishiga ta’sir qiladi.
    Erishni tekshirish uchun aylanuvchi kajava asbobi taklif qilindi. Asbobning asosiy qismi bo‘lgan kajava to‘rsimon silindr shaklida bo‘lib, teshikchalarining diametri 0,25 mm teng. Shu kajava ichiga qattiq dori turi solinib uni esa 1 litr eritmaga solib 50-200 ayl/daq yoki 100 ayl/daq tezlikda aylantiriladi.
    Termostat yordamida eritma harorati 370 S da ushlab turiladi. Eritma sifatida suv va xususiy maqolalarda ko‘rsatilgan erituvchilar (HCL, bufer eritmlar, har xil pH li).
    Kajava muhit ichiga solinadi, kajava idishning tubiga 2 sm etmay turishi kerak. Xusuy maqolalarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa 45 daqiqadan so‘ng eritmadan ta’sir qiluvchi modda miqdorini aniqlash uchun namuna olinadi. Filtrlab analitik usullar bilan miqdoriy tahlil qilinadi.
    Dorining har bir seriyasi uchun yuqoridagi tahlil qo‘yiladi va erib o‘tgan ta’sir qiluvchi modda miqdori foizlarda ko‘rsatiladi.
    Agarda dori modda 45 daqiqa vaqt davomida uning 75 foizi suvga ajralib chiqsa, uning sifati qoniqarli deb topiladi.
    Ta’siri uzaytirilgan dorilarni biosamaradorligini in vitro usulida aniqlash uchun hozirda 200 dan ortiq usullar taklif qilingan.
    Ulardan aylanuvchan aralashtirgich (Rotating paddle) va disk ustidagi aralashtirgich turdagi asboblar keng qo‘llaniladi.
    Aylanuvchan aralashtirgich (Rotating paddle) asbobining ko‘rinishi rasmda keltirilgan.
    A)

    B)




    Download 6,71 Mb.
    1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor moddalarni biologiksamaradorligini in vitro usulida aniqlash

    Download 6,71 Mb.