|
Biofarmatsiya – Organizmga dori preparatini terapevtik ta’sirini turli omillarga (farmatsevtik, biologik va h.) bog‘liqligini o‘rganuvchi fan
|
bet | 286/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeBiofarmatsiya – Organizmga dori preparatini terapevtik ta’sirini turli omillarga (farmatsevtik, biologik va h.) bog‘liqligini o‘rganuvchi fan
Biofarmatsiya fanining asosiy vazifasi dori turlarining biosamaradorligini oshirish va qo‘shimcha ta’sirini kamaytirish.
Hozirgi kunda biofarmatsiya ilmiy fan sifatida tan olingan bo‘lib, zamonaviy dorilar rivojlanishi bilan bog‘liq. U ayniqsa, maxsus dori shakllari yaratishda alohida axamiyatga ega. Faoliyatini yordamchi moddalar o‘rni va axamiyatini o‘rganish bilan boshlangan biofarmatsiya hozirgi vaqtda o‘zining chegarasini kengaytirib, ko‘pgina bo‘limlari mustaqil yo‘nalishda faoliyat yuritmoqda.
Biofarmatsiya – Farmatsiyaning ilmiy fani bo‘lib, turli dori shakllarida chiqarilgan, lekin bir xil dozadagi dori preparatiga ta’sir etuvchi va yordamchi moddalarni fizikaviy, hamda fizik-kimyoviy xossalarini ta’sirini o‘rganish bilan shug‘ullanadi
Biofarmatsevtik izlanishlar quyidagi yo‘nalishlarini keltirish mumkin:
Farmatsevtik omillarni ahamiyatini o‘rganish;
Almashinadigan omillarga bog‘liq ravishda dori moddasini so‘rilishi, tarqalishi va ajralish sharoitini o‘rganish;
Biologik samaradorlik va uning aniqlash usullarini ishlab chiqish;
Biologik suyuqliklarda dori moddasini aniqlash usullarini ishlab chiqish;
Qondagi dori moddasini klinik belgilarni namoyon bo‘lishi orasidagi bog‘liqlikni o‘rganish;
Dori komponenti sifatida dori moddasini harakatini o‘zgarishi mumkinligini o‘rganish;
Yoshiga qarab beriladigan dorilardagi muammolarni o‘rganish;
Ishlatiladigan dori shakllarini texnologiyasini mukammallashtirishda farmakokinetik izlanishlarni o‘rganish, shuningdek, yangi dori shakllari yaratish.
Organizmdan dori moddasini so‘rilish sharoiti, tarqalishi va chiqarilishini o‘rganish biofarmatsiya uchun muxim hisoblanadi.
Farmakokinetika – bu fan tarmog‘i bo‘lib, organizmda dorini harakatini o‘rganadi. Predmetning tarkibi – organlar, organizmning turli suyuqliklarida, qonda dori moddani miqdoriy va sifat o‘zgarishlari o‘rganadi, hamda shu o‘zgarishlarni mexanizmlarini o‘rganadi. “Dori harakati” bosqichlari: so‘rilish, biotransformatsiya (metabolizm) va organizmdan dori moddasini chiqarilishi.
Lekin, ayrim xollarda organizmga so‘rilgan dori vositasini konsentratsiyasini aniqlash imkoni bo‘lmaydi. Buning sababi, aniqlash usulining yo‘qligi yoki ta’sir etuvchi moddani biologik suyuqlikdan ajratib ololmaslik hisoblanadi. Bunday xollarda dori moddasini harakatni baholash farmakodinamik usulda olib boriladi, aniqrog‘i preparatning ta’sir etish kuchi vaqt birligida o‘lchanadi. Bunda o‘lchov birligi etalonning solishtirma samaradorligi harakat birligida (ED) belgilanadi.
Dorilarning farmakokinetikasi yoki farmakodinamikasi bir-biriga bog‘liq xolda olib boriladi. Bu farmatsevtik, biokimyoviy, fiziologik va biologik omillarga bog‘liq.
Terapevtik samaradorlikka ko‘pgina omillar ta’sir ko‘rsatadi, ularni uchta guruxga bo‘lish mumkin:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Biofarmatsiya – Organizmga dori preparatini terapevtik ta’sirini turli omillarga (farmatsevtik, biologik va h.) bog‘liqligini o‘rganuvchi fan
|