|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 293/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe6. Vazifa. Yumshoq dori turilarini biosamaradorligini agar-agar geliga to‘g‘ri diffuziya usuli bilan aniqlash.
5 % salitsil kislotasining surtmasi turli asoslarda tayyorlanadi:
1. Vazelin
2. Vazelin-lanolin (1:1)
3. PGS li emulsion asos
Aniqlanishi: avval 30ml 2% agar-agar geli tayyorlanadi. Buning uchun idishga 0,6 g agar-agar solinib, ustiga xona haroratidagi tozalangan suv quyiladi va 30 daqiqaga bo‘kish uchun qoldiriladi. So‘ng 1-2 daqiqa qaynatib, suv bilan hajmi 30 ml gacha etkaziladi. Sovutilgan agar geliga 1 ml 1% temir (III) xlorid indikatori solinadi, aralashtiriladi va Petri idishi yoki bir xil diametrli probirkalarga iliq xolda quyiladi. So‘ng muzlatgichga 10-15 daqiqaga qo‘yiladi va turli asoslardagi 5% salitsil kislotasi surtmalaridan 2 g dan probirkadagi 2% agar geli ustiga solinadi va 0,5; 1; 2 soat mobaynida salitsil kislotaning diffuziya tezligi millimetrli shkala yordamida bo‘yalgan maydonini o‘lchash yordamida aniqlanadi.
7. Vazifa. Petri idishiga 3-5 mm qalinlikda 2% agar geli quyiladi va sovuganidan keyin bir xil chuqurcha hosil qilib 2 g dan 5% salitsil kislotasining surtmasi solinadi va 0,5, 1, 2 soatdan so‘ng bo‘yalgan maydon hajmi o‘lchanadi. Olingan natija bo‘yicha chizma chiziladi va diffuziya koeffitsenti (K) quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:
U
K = -------- ;
X
Bunda : U - diffuziya chuqurligi mm,
X - diffuziya vaqti,soat,
K - diffuziya koeffitsenti
Ikki xil aniqlash usullari orqali olingan natijalar solishtiriladi.
Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish:
Test nazorat savollari
Sepmadagi ingredientlarni farmatsevt maydaladi. Dori moddasini optimal maydalik darajasi qanday?
A. Dag‘al
B. O‘rta maydalangan
S. Maydalangan
D. O‘ta maydalangan
Dorixona levomitsetin sotib oldi. Uning polimorf modifikatsiyalari sonini ko‘rsating
A.1
B. 32
S. 20
D. 4
E. 2
Dori preparati fizikaviy xolatiga kiruvchi omillar guruxini ko‘rsating
A. doimiy
B. farmatsevtik
S. fiziologik
D patologik
E. Ekzogen
Dori vositasini so‘rilishiga yordamchi moddalar ta’sir etadimi?
A. Ta’sir ko‘rsatmaydi
B. Ta’sir ko‘rsatadi
S. ba’zida
D axamiyatsiz
Farmatsevt kaliy yodidli farmakopeya surtmasini tayyorlashda asos sifatida nima olishi kerak?
A. Emulsion asos
B. Vazelin
S. Lanolin
D. Shaftoli moyi
Streptotsid surtmadan so‘rilishiga polietilenoksidning ta’sirini ko‘rsating
A. Teriga yuza ta’sir ko‘rsatadi
B. Teri qoplamasidan chuqur singishiga yordam beradi
S. So‘rilishga ta’sir ko‘rsatmaydi
D. Oddiy ta’sir qiladi.
Absolyut biologik samaradorlikni aniqlashda solishtiriluvchi preparat sifatida kiritiluvchi dori shaklini ko‘rsating
A. Surtma
B. Mikstura
S. Ichish uchun kukunlar
D. Ichish uchun tabletkalar
E. In’eksion eritmalar
Dori preparati terapevtik samaradorligiga texnologik omil ta’sirini ko‘rsating
A. Ta’siri yuqori
B. Ta’sir ko‘rsatmaydi
S. ba’zida
D ahamiyatsiz
Stabilizator qo‘shish shart bo‘lgan in’eksion dori preparatini ko‘rsating
A. Natriy xlorid 0,9% eritmasi
B. Kalsiy xloridning 0,25% eritmasi
S. Glyukoza 10% eritmasi
D. Ringer-Lokk eritmasi
Dori vositalarining terapevtik noekvivalentligi sabablarini keltiring
A. Doimiy omillar ta’siri
B. Almashikuvchi omillar ta’siri
S. Bemorning psixologiu xolati ta’siri
D. Barchasi to‘g‘ri
Bilimni mustahkamlash uchun Blits-usuli
Javoblar ketma-ketligini to‘g‘ri tanlang
№
|
Terminlar
|
Ta’rifi
|
Talabaning javobi
|
To‘g‘ri javob
|
1
|
Dori turlari texnologiyasi
|
Dori vositasini terapevtikligini organizmga turli omillarga (farmatsevtik, biologik, h.k.) bog‘liqligini o‘rganuvchi fan
|
|
|
2
|
Biofarmatsiya
|
Dori vositasini dori preparatiga ma’lum dorivor shakl berish maqsadida sanoatda qayta ishlash jarayoni va nazariy asoslari haqidagi fan
|
|
|
3
|
Dori vositalari
|
Bu dori vositasini qabul qilishda qulaylik beruvchi xolatga (kukun, eritma, surtma, tabletka) o‘tkazish, bunda kerakli davolovchi natijaga erishiladi.dori vositasini tayyorlashda odatda ularga ma’lum geometrik shakl beriladi. Masalan, tabletkalarga disk shakli, xab doriga yumaloq, shamchaga konus va x.k. geometrik shakl dori vositasini yuqori samarasini va ishlatishda qulaylikni ta’minlaydi.
|
|
|
4
|
Dori moddalari
|
Organizmning faoliyatini o‘zgartiruvchi yoki odamlar kasalliklarini davolashda , aniqlashda, oldini olishda, xomiladorlikni oldini olishda ishlatiladigan moddalar yoki ularning tabiiy, sintetik, biotexnik aralashmalari
|
|
|
5
|
Dori shakli
|
(substansiya, ta’sir etuvchi modda) – biologik faol modda – odam organizmini faoliyatini o‘zgartiruvchi yoki oldini oluvchi, aniqlovchi yoki davolovchi ta’sir etuvchi biologik faol moddalar, tayyor dori shaklini sanoatda ishlab chiqarilishida ishlatiladi.
|
|
|
6
|
Dorivor preparat
|
Bu ma’lum dori shakliga ega dori vositasi
|
|
|
7
|
Ekvivalentlik
|
Bu ma’lum dori shaklidagi va texnik me’yorlarga javob beruvchi tarkibida bir xil miqdordagi modda saqlovchi dori preparati
|
|
|
8
|
Farmatsevtik ekvivalentlik
|
Dori moddasini (vositasini) yoki dori preparatini miqdorini mosligi me’yoriy xujjatlar yoki aniqlanuvchi vosita samarasiga solishtirganda aynan birxil bo‘lishidir.
|
|
|
9
|
Bioekvivalentlik
|
Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yoki bir zavodda turli seriyalarda tayyorlangan, shuningdek, bir bemorga bir xil doza va dori shaklida berilganda o‘shanday biologik (dorivor) samarasini yuzaga chiqaruvchi dori preparatlari ekvivalentligidir
|
|
|
10
|
Biologik samaradorlik
|
Organizmga kiritilgan dori vositasini ta’sir qilish nuqtasiga etib borishini ta’minlovchi xolat
|
|
|
11
|
Absolyut biosamaradorlik
|
Kiritilgandan so‘ng dori shaklidan retseptorga biologik samara ko‘rsatishga etarli miqdorda ajralib chiquvchidori moddasini foiz miqdorda ko‘rsatilishi
|
|
|
12
|
Nisbiy biosamaradorlik
|
Jigar birlamchi ishlovi ta’sirisiz yoki bu samarani beruvchi korrelyasiyadan so‘ng vena ichiga yoki tomir orasiga kiritilgan dori shaklidagi dori moddasining miqdori
|
|
|
13
|
Farmakokinetika
|
Ma’lum miqdorda kiritilgan dori vositasining samaradorligi vaqtidagi o‘zgarishlar tasviri
|
|
|
14
|
Farmakodinamika
|
Organizmga kiritilayotgan dori vositasini va uning metabolitlarini miqdorini so‘rilish, tarqalish, biotransformatsiya va eliminatsiyadagi vaqtida o‘zgarishini tasviri
|
|
|
15
|
In vivo tajribalari
|
Dori preparatini biosamaradorligini o‘rganish maqsadida instrumentlar ishtirokida o‘tkaziladi
|
|
|
16
|
In vitro tajribalari
|
Dori preparatini biosamaradorligini o‘rganish maqsadida jonivorlarda yoki ko‘ngilli odamlarda o‘tkaziladi.
|
|
|
|
| |