• adgezion xususiyati va suvni absorbsiyalash darajasi
  • PDP dagi dori moddasini sifati va miqdoriy tahlili
  • PDP lardagi erish vaqti ko‘rsatkichi




    Download 6,71 Mb.
    bet260/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    PDP lardagi erish vaqti ko‘rsatkichi ham boshqa ko‘rsatkichlardan kam ahamiyatga ega emasdir. Bu ko‘rsatkichni aniqlash sharoiti va pardaning erish vaqti adabiyotdagi manbalarda keltirilgan. Masalan, alxidin saqlovchi pardani erish vaqti quyidagicha aniqlandi: 1 ta parda 5 ml suvda eritildi va 5 daqiqa davomida vaqti-vaqti bilan chayqatib turildi. Bunda pardaning erish vaqti xona haroratida 1 soat atrofida bo‘ldi. Apilak saqlovchi 2 ta parda probirkaga solindi va ustiga 1 ml tozalangan suv qo‘shildi. Pardani 5 daqiqa davomida vaqti-vaqti bilan chayqatib turildi. Shunda pardani erish vaqti 2 soat atrofida bo‘lishi aniqlandi. Anilokain saqlovchi o‘lchami 1 x 2 sm li parda namunasi 2,5 ml xona haroratidagi suvda eritildi va vaqti-vaqti bilan chayqatib turilib pardani butunlay erish vaqti belgilandi. Yod saqlovchi vinil spirtining sopolimeri asosli, yuzasi 1 sm2 bo‘lgan parda namunasiga 1 sm3 tozalangan suv quyildi va 40°S da ushlab turildi. Bunda parda 1soat davomida erib ketgan.
    Metronidazol PDP ni erish vaqtini aniqlash. Buning uchun PDP ni pardani 50 ml hajmdagi kolbaga solinadi. Unga 25 ml tozalangan suv (37o-400S gacha qizdirilgan) qo‘yiladi va soniyasiga 1-2 marta chayqatib turiladi. Parda to‘liq erib ketishini soniya bo‘yicha belgilanadi.
    Polimer pardalarning yana bir aniqlanadigan xossasi bu - adgezion xususiyati va suvni absorbsiyalash darajasi.
    Adgeziya bu - patologik o‘choqda ta’sir etishini davomlililigini va samaraliligini aniqlovchi substrat bilan pardani bog‘lanish kuchidir.
    Suvni absorbsiyalash darajasi bu-yutilgan suyuqlikning pardaning fizik-kimyoviy xususiyalariga katta ta’sir qilib, biologik faol birikmalar diffuziya yo‘li bilan ko‘chirilishidir, bu esa PDP ni suvni yutish xususiyatiga bog‘liqligidadir.va u maxsus adabiyotlarda keltirilgan usul bo‘yicha baholanadi.
    PDP dagi dori moddasini sifati va miqdoriy tahlili uning tarkibiga kiruvchi ta’sir qiluvchi moddaning tabiatiga bog‘liq holda baholanadi. Sifatini aniqlash davlat farmakopeyasida keltirilgan usullar asosida yoki boshqa meyoriy xijjatlar bo‘yicha olib boriladi. Olingan ajratmalarda yoki pardalarda bevosita sifat reaksiyasini o‘tkazish mumkin. Ba’zi bir holatlarda aniq analiz qilish uchun SF va FEK usullari qo‘llaniladi. Masalan, PDP da tinidazolni chinligi UB-spektrofotometr usuli yordamida 240 dan 380 nm gacha bo‘lgan zonada aniqlanilgan. Doksorubitsinli PDP ning chinligi esa spektrofotometriya (nur yutish spektri bo‘yicha) va YuQX usuli orqali o‘tkazildi. Bunda plastinka sifatida “Silufol UV-254” dan foydalanildi.
    PDP larni miqdorini aniqlash uchun uning tarkibidagi dori moddalarga bog‘liq holda turli xil usullar qo‘llaniladi. Masalan, metilen ko‘ki va alxidin saqlovchi PDP larning miqdori SF usuli orqali aniqlanadi. Yod va apilak saqlovchi PDP larning miqdori esa titrimetrik usul yordamida aniqlaniladi. Yod saqlovchi PDP dagi yodning miqdori quyidagicha aniqlaniladi: rang yo‘qolguncha xona haroratigacha sovutilgan natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlandi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    PDP lardagi erish vaqti ko‘rsatkichi

    Download 6,71 Mb.