|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 51/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeTerining funksiyalari
Teri quyidagi faoliyatlarni bajaradi:
muhim va murakkab organ bo‘lib, tashqi muhitning har xil ta’-siridan saqlaydi, tashqi himoyalovchi qoplam hisoblanadi;
tana haroratining doimiyligini saqlab turadi, shu sababli issiq-sovuqga sezgir va chidamlimiz;
odam terisi tananing ichiga zararli mikroblar kirishiga to‘sqinlik qiladi va ularning zarbasini birinchi bo‘lib qabul qiladi, zaharli moddalarni zararsizlantiradi, so‘rilishini kamaytiradi;
ko‘rinishi nozik, yumshoq bo‘lgan teri etarli darajada mustahkam, chidamli;
ko‘plab teshikli, g‘ovak, shuning uchun suv o‘tkazuvchanlik xossasiga ega va teri organizmning ichki sistemalarini tashqi muhitning ta’siridan himoya qiladi;
xavfli modda teri orqali so‘rilsa, ularning tarkibidagi fermentlar bu xavfli moddani parchalaydi;
teri hujayralari interferon va interleykin moddalarni ishlab chiqaradi hamda organizm to‘qimalarini viruslardan himoya qiladi, immunitetni kuchaytiradi;
teri — bu chiqarish sistemasi, 2,5 mlndan ortiq teshiklari orqali har xil chiqindi va almashuv natijasida hosil bo‘lgan zararli moddalarni chiqarib tashlaydi (ter bilan);
teri himoyalovchi a’zo (quyosh nuridan to‘q pigment hosil qiladi, ta’sirini ichkariga o‘tkazmaydi);
teri yog‘ bezlari bilan ta’minlangan, 15-16 sm yog‘ ishlab chiqaradi;
teri suv va har xil oziqlantiruvchi moddalar ombori, vitamin D ishlab chiqarishda ishtirok etadi (raxit bo‘lmaydi);
teri ko‘zgu vazifasini o‘taydi, kasalliklar to‘g‘risida axborot berib turadi, odamning kayfiyatini bildiradi (qizarish, oqarish, qo‘llar titraydi).
Teri doim organizmning tashqi munosabatini tartibga soladi. Sog‘lom teri — bu yumshoq, silliq, qayishqoq, dog‘siz, kamchiliksiz bo‘lishi kerak.
Terini parvarish qilish har kimda o‘ziga xos bo‘ladi va kosmetika vositalaridan foydalanishda teri xossalari va bajaradigan funksiyalarini hiosbga olish zarur. Terini parvarish qilish, demak tozalash, oziqlantirish va himoya qilishdan iboratdir.
|
| |