• Ma’ruzaning qisqacha matni
  • Mavzu: Kosmetologiya amaliyotida qo‘llaniladigan kosmetik vositalar ta’rifi,tasnifi, ularga qoiladigan talablar, qo’llaniladigan yordamchi moddalar




    Download 6,71 Mb.
    bet49/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    9-Ma’ruza
    Mavzu: Kosmetologiya amaliyotida qo‘llaniladigan kosmetik vositalar ta’rifi,tasnifi, ularga qoiladigan talablar, qo’llaniladigan yordamchi moddalar


    Ma’ruza maqsadi: kosmetologiya amaliyotida qo‘llaniladigan preparatlari texnologiyasining nazariy va amaliy asoslariga oid bilimlarni berish.
    Tayanch atama va iboralar: kosmetologiya, kosmetik vositalar, yordamchi moddalar.
    Reja:

    1. Kosmetologiya fan sifatida, kosmetik preparatlar tasnifi

    2. Teri, uning tuzilishi, faoliyati, turlari, parvarishi

    3. Terida uchraydigan nuqsonlar, bartaraf etish usullari

    4. Kosmetik vositalarga qo‘yilgan talablar



    Ma’ruzaning qisqacha matni:
    Kosmetologiya – Sog‘liqni saqlash tizimini bir qismi bo‘lib, u odamning sog‘lig‘i va chiroyini mustaxkamlash kabi masalalarga qaratilgan. Kosmetologiyaning asosiy vazifasi – teri parvarishi va bu azaldan ko‘p asrlar oldin ma’lum bo‘lgan.
    O‘sha vaqtlarda kosmetik vositalari, tabiiy bo‘yoqlardan foydalanilgan. Birinchi kosmetika haqida ma’lumotlar Ebers papirusida keltirilgan. Kosmetologiya vositalarini tayyorlash, ishlatish bo‘yicha grek va misrlilar tomonidan ko‘p adabiyot ma’nbalarini topish mumkin. Kosmetologiya fani deyarli xali yosh ilmiy fan.
    Kosmetologiya biologiya, anatomiya, fiziologiya, farmakologiya, gigiena fanlariga asoslanib har xil kosmetik nuqsonlarni bartaraf etish usuli va vositalarni o‘rgatadi. Kosmetologiya – dermatologiya, genetika va geriatriyalar bilan ham chambarchas bog‘liq.
    Kosmetologiyaning asosiy vazifasi – kosmetik nuqsonlarni (masalan dog‘lar, sepkil, xusnbuzar) bartaraf etish, maskirovka qilish va oldini olish usullarini mexanizmini o‘rganishdir.
    Bugungi kunda kosmetologiyani turlari ko‘p, bolalar, erkaklar va sanoatlarga bo‘linadi. Yuqori malakali mutaxassis texnolog-kosmetologlar kerak. Shu sababdan farmatsevtika institutlarida sanoat farmatsiya fakulteti yo‘nalishi ochilib unda kosmetik yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kosmetologiya amaliyotida qo‘llaniladigan kosmetik vositalar ta’rifi,tasnifi, ularga qoiladigan talablar, qo’llaniladigan yordamchi moddalar

    Download 6,71 Mb.