• Dekorativ kosmetika
  • Rasm- 1. Terining umumiy tuzilishi 1-epidermis; 2-derma; 3-gipoderma.
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet50/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Kosmetik preparatlar tasnifi

    1. Gigienaga oid (profilaktika uchun)

    1. Teri parvarishi uchun yumshatish, himoyalash va oziqlantirish, dezinfeksiya, qon to‘xtatish.

    2. Og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi

    3. Soch parvarishi

    4. Tirnoq parvarishi

    5. Havoni tozalash, vannani hushbo‘y qilish

    1. Shifobaxsh

    1935 y eng keng tarqaldi. Seboreya, yallig‘lanish, yog‘ va ter bezlarni ishi buzilishi kuzatiladi. Maxsus kosmetika ishlatiladi.

    1. Teri uchun (dog‘, sepkil, qorayish, xusnbuzar, qizil dog‘lar, terlash)

    2. Soch uchun kremlar, seboreyaga qarshi suyuqlik, qazg‘oq va soch to‘kilishiga qarshi vositalar.

    1. Dekorativ kosmetika

    Bezash, tashqi qiyofasini o‘zgartirish (grim, rangli kosmetika) Ular 2 xil bo‘ladi:

    1. Har kungi grim, har xil nuqsonlarni berkitish

    2. Teatrga oid grim.

    Terining tuzilishi, turlari va faoliyati
    Bugungi kunda oftob kometikasi, estetik kosmetika (jarroxlikka yaqin) yuz to‘qimalarini yaxshilash va ayniqsa fitokosmetika tabiiy moddalarni ishlatish va erkaklar kosmetikasi rivojlanmoqda.
    Teri — bu odamning yashash sharoitidagi gomeostazni saqlab turuvchi eng muhim a’zo. Teri ichki a’zolar, endokrin va asab sistemalarning faoliyatini ko‘rsatib turadi.




    Rasm- 1. Terining umumiy tuzilishi
    1-epidermis; 2-derma; 3-gipoderma.

    Agar organizmda ozgina o‘zgarishlar sodir bo‘lsa, albatta u terida o‘z ifodasini topadi. Teri ichki a’zolar patologiyasi haqida signal beradi. Masalan, gastrit kasalligida oshqozoning kislotali sharoiti pasaygan bo‘lsa yoki jigar kasalliklarida qon tomirlar kengayadi; surunkali ich qotganda (zaporda) terida toshma paydo bo‘ladi; asab sistemasi kasalliklarida terining yog‘ chiqarish faoliyati kuchayadi, qora nuqtalar — kamedon, husnbuzarlar toshadi. Diabet, buqoq kasalliklarida teri o‘zgaradi — qurib, bo‘shashib, osilib qoladi (distrofik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi).


    Yuz terisi esa odamning emotsional holatini, uning aql-idrokini ifodalab, o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Terining og‘irligi odam umumiy vaznining 7% ini tashkil qiladi. Bu esa o‘rtacha 4 kg deganidir. Demak, teri eng katta a’zo hisoblanadi, uning sathi esa 1,5-2 m2, qalinligi 4 mm ni tashkil qiladi.
    Tuzilishi bo‘yicha teri 3 qavatdan iborat: epidermis, derma va teriosti kletchatka. Terining ustki qavati emulsion parda bilan qoplanib, uning qalinligi 7-10 mkm bo‘ladi, asosan teri orqali chiqqan mahsulotlardan iborat.
    Epidermis ko‘p qavatli, bir necha xil hujayralardan iborat: mug‘uz (shox), yaltiroq, donador, tikansimon, bazal qavatlar. Epidermisning umumiy massasi katta odamlarda 0,5 kg ni tashkil qiladi. Uning tashqi tomonida har xil chiziqlar, ajinlar, bo‘rtib turgan joylar bo‘lib, ular har odamda o‘ziga xos va boshqalarda takrorlanmaydi (hatto egizaklarda ham). Epidermisning qalinligi 0,15 mm, lekin eng qalin joy — bu kaft va tovonda bo‘ladi (qalinligi 1,5 mm).
    Eng pasti epidermisning bazal qavatida doimo yangi hujayralar hosil bo‘ladi. Immun hujayralarda yangi hujayra hosil qiluvchi embrion qavati mavjud. 28 kun davomida yosh hujayralar ustki qavatga o‘tadi, ular o‘z yadrosini yo‘qotadi va yassi (o‘lik, qurigan keratin ) bo‘lib qoladi. Ustki qavati — muguz qavatini hosil qiladi. Epidermis qavati ozuqani derma qavati bilan o‘zaro chalkashuv natijasida oladi. Vaqt o‘tishi bilan chalkashuv o‘z kuchini yo‘qotadi. SHuning uchun terini tashqaridan oziqlanishi kerak. Bu esa kosmetologiyaning asosiy vazifasi.
    Epidermisning o‘zi 5 qavatdan iborat:
    1. Boshlang‘ich, uning hujayralarida melanin pigmenti hosil bo‘ladi, u qancha ko‘p bo‘lsa, terining rangi shuncha qora bo‘ladi;
    2. tikansimon qavat;
    3. donador qavat — hujayralarida oqsil moddasi saqlanadi;
    4. tiniq qavat;
    5. mug‘uz (shox qavati)
    Donador qavat deb atalishining sababi, uning hujayralarida keratolinin moddalari donachalar shaklida bo‘ladi. Yaltiroq qavatda maxsus oqsil modda bo‘lib, uning nur sindirish xususiyati kuchli. Shu sababli ham bu qavatga ana shunday nom berilgan. Mug‘uz qavat tashqi muhit bilan aloqador va terini barcha nobop ta’sirlardan, ya’ni yomg‘ir, oftob, shamol, sovuq, chang va mikroblardan himoya qiladi. Shuningdek, urib olish, mexanik, fizik, kimyoviy ta’sirlardan ham asrab, epidermis orqali suv, elektrolitlarning so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
    Derma — u epidermis qavati ostida joylashgan bo‘lib, elastik to‘qima — kollagendan tashkil topgan. Dermada qon tomirlari, nervlar, soch va tirnoq ildizlari joylashgan. Qalinligi 2 mm.
    Kollagen yosh sog‘lom terida bir-biriga parallel joylashgan bog‘lamlarni hosil qiladi. Shuning uchun yoshlarda teri qayishqoq va tarang. Kollagen tugunlari prujinali matratsni eslatadi.
    Terining uchinchi qavati — teri osti yog‘ qatlami — gipoderma deyiladi. Bu - eng chuqur qatlam bo‘lib, ichki a’zolar va to‘qimalarni harorat o‘zgarishi hamda mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Bu qatlam energiya manbai bo‘lib, terining harakatlanuvchanligini ta’minlaydi.
    Sog‘lom terida 70% suv bor, teri orqali 1 litrgacha ter chiqadi, lekin havo harorati yuqori bo‘lganda va qattiq ishlanganda bu ko‘rsatkich 10 litrgacha ham borishi mumkin.
    Terida yog‘ va ter ishlab chiqaradigan bezlar, nerv tolalari, mayda qon tomirlari ko‘p. Yog‘ bezlari yog‘ ishlab chiqarib, terini qurib qolishdan asraydi. Bu bezlar sutkasiga 20 ggacha yog‘ ishlab chiqarishi mumkin. Yana ham ishonchli dalil keltiradigan bo‘lsak, terini katta bir tekislik deb faraz qilinsa, unda 6 metr qon tomirlari, mindan ortiq nerv tolalari, 645 ta ter va 75 ta yog‘ bezlari, 65 ta soch qoplari topiladi.
    Terida minglab nuqtalar bor, ular og‘riq, sovuq, issiq, bosimga hozirjavobdir. Shuning uchun terini tana barometri deyishadi. Teri hoziroq har xil ichki va tashqi voqealarga javob beradi. Masalan, jigar, o‘t pufagi kasalliklarida teri sariq rangga kiradi. Skarlatina, qizamiq, qizilcha bilan kasallanganda toshma toshadi. Modda almashinuvi buzilsa, terining holati va rangi o‘zgaradi — furunkulyoz paydo bo‘ladi. Anemiyada teri oppoq, qonsiz tusga kiradi.
    Terining o‘zi ham yupqa himoyalovchi qavat kislotali parda bilan qoplangan, u terini mayda yot moddalar, kasal chaqiruvchi bakteriyalar, kimyoviy moddalar va atmosferadagi o‘zgarishlar ta’siridan himoyalaydi.
    Kislotali parda — bu yupqa yog‘ suv emulsiyasining pardasi. Suvli fazada aminokislotalar, mochevina, elektrolitlar saqlaydi. Yog‘li lipid fazada esa fosfolipidlar, moy kislotalari, efir birikmalarini saqlovchi yoki erkin holdagi steroidlar bor.
    Suvli yog‘li emulsiya teri qurib ketishining oldini oladi, chunki pHi 4,6-6,5 ga teng bo‘lgan kislotali bufer eritma hosil bo‘ladi. Sog‘lom teri mikroblarni barataraf qiluvchi maxsus himoyalovchi moddalar ishlab chiqaradi.
    Agar teri usti tilinsa yoki timdalansa, mikroblar ichiga kirib qolishi mumkin, shunda organizm ichga kirgan infeksiya bilan kurashadi. Bu esa murakkab jarayon bo‘lib, himoyalovchi moddalar — antitelalar ishlab chiqaradi. Demak, infeksiyaga qarshi kurash jarayonida teri faol ishtirok etadi va bu teri xossasining “ichiga bo‘lgan himoya” deb ataladi.
    Terining moddalar chiqaruvchi xususiyatlari ham ter va yog‘ ishlab chiqaruvchi bezlar yordamida vujudga keladi. Teri orqali chiqadigan terda 98% suv, 1% erigan natriy xlorid tuzi va 1% organik moddalar: mochevina, siydik kislotasi, ammiak bor. Ter bilan 10 g azot, 60 g oqsil, 40 g gacha osh tuzi chiqishi mumkin. Ter tarkibidagi suv qondan o‘tadi, to‘qimalardagi suv kamayganda og‘iz quriydi va odam qattiq cho‘llaydi, yog‘ bezlari orqali yog‘ chiqadi va uning tarkibida xolesterin, oqsil, moy kislotasi, tuzlar va ekstraktiv moddalar mavjud.
    Teri orqali 2% CO2 chiqadi va kislorodning faqat 1% igina teri orqali o‘tadi. Terida issiqlik almashinuvi 3 xil namoyon bo‘ladi: issiqdan sovuqqa, issiq chiqarish va bug‘lanish. Terining tomirlaridan qancha ko‘p qon o‘tib aylansa, uning harorati shuncha baland bo‘ladi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.