Kimyoviy barqarorlash usuli.
Bu usulda barqarorlash:
1-eritmaga kimyoviy birikmalar (antioksidant yoki stabilizator) qo‘shib;
2- to‘g‘ri keladigan erituvchilar tizimini tanlab;
3-dori modda maksimal barqaror bo‘ladigan RN sharoitini hosil qiluvchi moddalar qo‘shib;
4-erimaydigan faol moddalarni eriydigan tuz yoki kompleks birikma shaklida o‘tkazib amalga oshiriladi.
Stabilizatorga talablar:
1- bemor uchun havfsiz bo‘lishi kerak;
2- tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan bo‘lishi kerak;
3-O‘z vazifasini bajarish ya’ni dori vositasini turg‘unligini ta’minlashi lozim;
Stabilizatorlar shartli ravishda 2 guruxga bo‘linadi*:
1-Tuzlarning gidroliz va murakkab efirlarini sovunlanishiga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan moddalar.
2-Antioksidantlar – oksidlanishni oldini oluvchi moddalar.
Qo‘shiladigan stabilizator miqdori MTXlar, SSV buyruqlari va yo‘riqnomalarida ko‘rsatiladi.
In’eksion eritmalarni turg‘unlashtirish dori moddalarini quyidagi guruxga bo‘lish mumkin:
3. Murakkab efirlar
4. Engil oksidlanuvchi moddalar.
Nazorat savollari
1. Dori shakllarida saqlash davomida kechadigan jarayonlar ta’rifi. 2.Dorilarni turg‘unlashtirishning usullari tasnifi.
3. Dispers sistemalarning ( emulsion va suspenzion) turg‘unligiini oshirish zamonaviy usullari
4. Suyuq, yumshoq va qattiq dorilarini jihozlashdagi muammolar
5. Dorilar turg‘unligini kimyoviy usullar bilan ta’minlashdagi muammolar
6. Fizikaviy turg‘unlashtirish usullari
|
|