Fizikaviy usullar yordamida engil oksidlanuvchi moddalarni turg‘unlashtirish
Oksidlanish reaksiya tezligini kamaytirish kisloroddan dispersion muxinti tozalash (erituvchilar)
Mikrobiologik turg‘unlikni ta’minlash
Dorilar tayyorlash, saqlash, transportlash, qo‘llash jarayonida ularga turli mikroorganizmlar tushib qolishi mumkin. Ular hayot faoliyati natijasida har xil moddalarni ajratadi (toksinlar, fermentlar). Ana shu moddalar dori preparatida gidrolitik, oksidlanish va hokazo xarakterdagi o‘zgarishlarni chaqiradi, organizmga zararli ta’sir ham ko‘rsatadi. SHuning uchun mikrobiologik tozalik masalasi dori turlari texnologiyasida katta amaliy axamiyatga ega, ayniqsa suyuq dori turlarida.
Mikroblar bilan ifloslanish va buzilishi masalasi o‘ta muxim va amaliy axamiyatga (ayniqsa suyuq va ineksion dorilarda). Suyuq faza qismi yuqori bo‘lgan dorilarda mikroorganizmlarni rivojlanishi qulay sharoit xisoblanadi. Undan tashqari dorilarni olishda mikroorganizmlarni ozuqasi bu materiallar qo‘llaniladi: SHilimshiqlar, kraxmal, dekstran va shunga o‘xshaganlar.
Asosan dorilar saprofitlar bilan ifloslanadi (ular keng tarqalgan tashqi muxitda). Saprofitlar organik moddalarni, oqsillarni, lipidlarni, uglevodlarni parchalashi mumkin. Zamburug‘lar esa alkaloidlar, glikozidlar turli vitaminlarni parchalanish xususiyatiga ega.
Konservantlar bu mikrob kontaminatsiyasini va mikroblarni o‘sishini, ko‘payishini oldini oluvchi maxsus YOM guruxi.
Mikroblar bilan ifloslanish oldini olish qator usullar korxonalarda qo‘llaniladi:
Aseptik sharoit yaratish
Tayyor preparatlarnisterillash
Bu usullarni etarli bo‘lmaydi agar preparat ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lsa. SHunda maxsus yordamchi moddalar – konservantlar va sterillash usulini qo‘llash imkoniyati bo‘lmasa (termolabil).
1. Dorilarni konservirlash – bu ularni mikroblar tomonidan buzilishidan antiseptik moddalar yordamida saqlash usulidir. Konservantlar (dorilarni) tayyorlash jarayonida saqlanib bo‘lmaydigan va dorilarga ishlatish jarayonida tushadigan mikroorganizmlarning o‘sish ingibitorlari (ya’ni mikroorganizmlarning o‘sishini sekinlashtiruvchi moddalar) hisoblanadi. Konservantlar saqlash va qo‘llash jarayonida dorilarning sterilligini yoki ulardagi nopatogen mikroorganizmlarni ruxsat etilgan me’yorlarda saqlab turish imkonini beradi. Dorilarni konservatsiya qilish uchun qo‘llaniladigan har bir antimikrob modda bemorning xavfsizligini va dorivor preparatning kerak (zarur) sifatini ta’minlashi kerak.
SHundan kelib chiqqan holda konservantlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
past konsentratsiyalarda keng spektrda ta’sir ko‘rsatish;
yaxshi eruvchanlikni namoyon qilish;
dorivor va yordamchi moddalar hamda qadoqlovchi materiallarni aksariyati bilan mutanosib bo‘lishi;
dorivor preparatlarning (butun) yaroqlik muddati davomida muhit rNi va haroratining keng intervalida turg‘un bo‘lishi;
dorivor preparat (DP)ning organoleptik xossalariga ta’siri bo‘lmasligi;
mikroorganizmlarning turg‘un shaklini hosil (paydo) qilish qobiliyatining mavjud bo‘lmasligi.
Konservantlar ta’sir qiluvchi moddaning farmakologik samaradorligini pasaytirmasligi yoki odam orginizmiga toksik, allergiya chaqiruvchi va qitiqlovchi ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Hozirgi paytga qadar ushbu talabalarga to‘liq javob beruvchi biror bir kimyoviy birikma topilmagan. Qo‘llanilayotgan konservantlarning har biri ma’lum bir chegaralarga ega (ya’ni ularning qo‘llanilishi chegaralangan), shuning uchun ularni dori vositalari kontaminatsiyalanishini (ifloslanishini) boshqa usullar bilan oldini olish imkoniyati bo‘lmagan xollarda qo‘llashadi.
Xozirda sintetik kimyoni rivojlanganligi konservantlarni nomenklaturasini kengayishiga omil bo‘ladi va ularni tasniflash masalasi muhim
Kimyoviy nuqtai nazardan konservantlar tasniflanadi:
Noorganik birikmalar
Metalloorganik birikmalar
Organik birikmalar
spirtlar;
fenollar;
organik kislotalar;
to‘rtlamchi ammoniyli birikmalarning tuzlari;
efir moylari
|