Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




Download 1,8 Mb.
bet107/172
Sana12.02.2021
Hajmi1,8 Mb.
#13127
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   172
Kompleks usulda barqarorlash.

In’eksion eritmalar ba’zan stabilizatorlar kompleksini qo‘llab tayyorlanadi. Bu kompleks tarkibiga turli tipdagi stabilizatorlar kirishi mumkin.Ular bir necha bevosita ta’sirli antioksidantlardan tashkil topishi mumkin; bevosita va bilvosita antioksidantdan tashkil topishi mumkin; antioksidant va muhit RN sharoitini yaratuvchi moddadan tashkil topishi mumkin; antioksidant va konservantdan tashkil topishi mumkin(mikrobga qarshi barqarorlash). Masalan,diprazinning 2, 2,5% li eritmalari bir nechta antioksidant yordamida barqarorlashtiriladi (askorbin kislotasi-0,2%, suvsiz natriy sulfit-0,1%, natriy metabisulfit-0,1%). 0,4%li indigokarmin eritmasi antioksidant va RN sharoitini boshqaruvchi modda qo‘shib stabillanadi. Stabilizator sifatida bu eritma 0,05% rongalit va 0,1% natriy sitrat saqlaydi.

Misol: apomorofin 2 ta fenol gidroksillarni saqlaydi shuning uchun engil oksidlanadi. (ko‘k-yashil rangga bo‘yaladi).

1%li apomorfin gidroxlorid eritmasi 0,5g analgin peroksid radikallarini bog‘laydi, 0,2 g sistein gidroperekislarni bog‘laydi va 0,1M xlorid gidroksil ionlarni (katalizatorlar) neytrallash uchun kislotasi (1l eritmaga 40 ml)saqlovchi erituvchida tayyorlanadi.

SHunday qilib, oson oksidlanadigan moddalar eritmalarini turg‘unligini oshirish uchun eritmada optimal RN sharoitini yaratish, dori moddasiga kislorod ta’sirini tayyorlash jarayonida, sterillashda, dori preparatini saqlashda katalizator ta’sirini bartaraf etish lozimdir.

Rp: Sol.Acidi ascorbinici 5% - 200 ml

Sterilisetur

Askorbin kislotasi eritmasini tayyorlash uchun MTX bo‘yicha 1 litr eritmaga 2 g suvsizlangan natriy sulfit (antioksidant sifatida) va 23,85 g natriy gidrokarbonat qo‘shib tayyorlanadi. Eritmaga natriy gidrokarbonat tuzini qo‘shishdan maqsad askorbin kislotasining keskin kislotali muhitini neytrallashdir. In’eksiya uchun suv yangi qaynatilgan bo‘lishi kerak. Tayyorlanishi. Aseptik sharoitda 10 g askorbin kislotasi, 0,4 g. suvsizlangan natriy sulfit va 4,77 g. natriy gidrokarbonat o‘lchov kolbasiga solinib, 1/3 qism in’eksiya suvida karbonat angidrid gazi batamom chiqib ketgunga qadar yaxshilab aralashtirib turgan xolda eritiladi. So‘ngyana 1/3 qismsuvqo‘shibtuzlareribbo‘lgunchaaralashtiriladi. Gazpufaklariajralishito‘xtagach, eritmahajmi 200 mlgaetkaziladi.

Rp: Sol. Streptocidi albi solubilis 30% - 100 ml

Sterilisetur!

Oqstreptotsidporoshogiin’eksiyauchunsuvidasuvhammomidaisitiberitiladi. Stabilizator - sulfit natriy, uni 100 ml ga 0,2 g xisobida olinadi. 120 gradusda 8 daqiqa sterillanadi. Ishlatishdan oldin cho‘kma bor yo‘qligi tekshiriladi. Agarda cho‘kma aniqlansa, eritmani qaynoq suvda isitiladi, cho‘kma erigach eritmani 36-37 gradusgacha sovutib ishlatiladi.


Download 1,8 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   172




Download 1,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

Download 1,8 Mb.